Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning brayl yozuvidagi xaritalari tayyorlanmoqda
3.03.2020 11:33,  
211

Respublikamizda 65 mingdan ortiq ko‘rish imkoniyati cheklangan fuqarolar istiqomat qiladi. Bugungi kunda ular ta’lim olishlari uchun ko‘plab adabiyotlar brayl yozuviga o‘tkazilmoqda.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan qo‘mita tizimidagi “Kartografiya” ilmiy ishlab chiqarish davlat korxonasi O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati bilan hamkorlikda ko‘rish imkoniyati cheklanganlar uchun O‘zbekiston Respublikasi va Toshkent viloyatining brayl yozuvidagi dastlabki xaritasini tayyorlashdi.

Brayl yozuvidagi ushbu xaritalar orqali O‘zbekiston Respublikasi va uning hududiy bo‘linishi, hayvonot va o‘simlik dunyosi hamda qit’a va okeanlarning joylashuvi to‘g‘risida qisman ma’lumotlar hamda maxsus o‘quv muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarga geografiya fanini mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati yaratiladi.

Foto: Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari davlat qo‘mitasi

Bugungi kunda “Kartografiya” ilmiy ishlab chiqarish davlat korxonasi tomonidan brayl yozuvidagi turli ko‘rinish va mavzudagi kartografik mahsulotlarni tayyorlash bo‘yicha texnologik liniyani ishga tushirish hamda ushbu mahsulotlarni keng miqyosda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан