Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi bir yilda 5,4 mlrd. dollarga oshdi
27.02.2021 10:24,  
218

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i (davlat qarzi) 23,3 mlrd. dollar ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 40,4 foizni tashkil etdi.

Xususan, 2020 yil yakuniga ko‘ra davlat tashqi qarzi 5,4 mlrd. dollarga yoki yil boshiga nisbatan 34,4 foizga oshib, 2021 yil 1 yanvar holatiga 21,1 mlrd. dollarga yoki YaIMga nisbatan 36,5 foizga yetdi. Shundan:

  • O‘zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan tashqi qarz - 15,1 mlrd. dollar;
  • davlat kafolatlagan tashqi qarz – 6,0 mlrd. dollar.

Davlat ichki qarzi 23,3 trln. so‘mni (2,2 mlrd. dollar) yoki YaIMga nisbatan 3,9 foizni tashkil etdi. Shundan:

  • davlat qimmatli qog‘ozlari – 4,0 trln. so‘m (0,4 mlrd. dollar);
  • davlat kafolatlagan ichki qarz – 19,3 trln. so‘m (1,8 mlrd. dollar).

 

Davlat qarzining so‘ngi yillardagi o‘sishi dinamikasiga qaramay, xalqaro me’yorlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi (YaIMga nisbatan – 40,4 foiz), shu jumladan davlat tashqi qarzi (YaIMga nisbatan – 36,5 foiz) mo‘’tadil darajada saqlanib qolmoqda.

«2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi nomidan va davlat kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi belgilangan. Ma’lumki, ushbu qonuniga muvofiq 2020 yil davomida davlat tashqi qarzini jalb etish bo‘yicha imzolanadigan yangi shartnomalarning chegaralangan hajmi 5,5 mlrd. dollar miqdorida belgilangan.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан