Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston doimiy aholisining soni ma’lum qilindi
27.04.2020 16:57,  
2622

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning demografik holatiga oid statistikani e’lon qildi.

Hujjatga muvofiq, 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 34 036,8 ming kishiga yetdi va yil boshiga nisbatan 131,6 ming kishiga ko‘paydi.

Bunda shahar aholisi 17 183,7 ming kishi, qishloq aholisi esa 16 853,1 ming kishini tashkil qilmoqda.

Hududlarning respublika jami aholisi sonidagi ulushi bo‘yicha eng ko‘p ko‘rsatkich Samarqand viloyatida 11,4 % ni tashkil etib, keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyatida 11,1 %ni, Qashqadaryo viloyatida 9,7 % ni va Andijon viloyatida 9,2 % ni tashkil etgan.

2020 yilning birinchi choragida 37,5 mingta o‘lim qayd etilgan.

O‘lim holatining 62,4 % i - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,3 % i - o‘simtalardan, 5,5 % i - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 4,8 % i - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,3 % i - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 1,4 % i - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 12,3 % i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан