Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning eng yirik banki yevrobond chiqaradi
11.03.2020 15:40,  
303

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 300 mln AQSh dollariga teng Yevrobondlarni chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda gazeta.uz nashri xabar bermoqda.

Milliy bank kapitalizatsiyasiga ko‘ra O‘zbekistondagi eng yirik bank hisoblanadi.

Bankning ustav kapitali umumiy qiymati qariyb 11.6 trln so‘m (joriy kurs bo‘yicha 1,2 mlrd AQSh dollari).

2019 yil 30 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4540-sonli qaroriga asosan «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» Davlat unitar korxonasi (DUK)dan aksiyadorlik jamiyati (AJ) shaklida qayta tashkil etilgan edi.

2019 yilning noyabr oyida Sanoat qurilish banki London fond birjasiga 300 mln AQSh dollarlik yevrobondlarni chiqargan edi.

Avvalroq, Navoiy kon-metallurgiya kombinati 2020 yilning 1 noyabriga qadar kamida 300 million dollarlik korporativ obligatsiyalar chiqarishi xabar qilingan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан