Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning eng yirik banki ustav kapitali miqdoriga teng aksiya chiqardi
17.01.2020 20:00,  
17663

Kapitalizatsiyasiga ko‘ra O‘zbekistondagi eng yirik bank Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ustav kapitali miqdoriga teng miqdorda oddiy aksiya chiqardi.

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi xabariga ko‘ra, Milliy bank nominal qiymati 1 000 so‘m bo‘lgan 11 582 700 201 (11 milliard 582 million 700 ming 201 dona) oddiy aksiyani 2020 yil 14 yanvar kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan.

Aksiyalarning umumiy qiymati qariyb 11.6 trillion so‘m — Milliy bankning ustav kapitali miqdoriga teng.

Milliy bank aksiyalari moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli.

Moliya vazirligi hisobida 4,8 trillion (41.51 %) so‘mlik, jamg‘armada esa 6,7 trillion (58.49 %) so‘mlik aksiyalar bor.

2019 yil 30 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4540-sonli qaroriga asosan «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» Davlat unitar korxonasi (DUK)dan aksiyadorlik jamiyati (AJ) shaklida qayta tashkil etilgan edi.

Oddiy aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini qo‘shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatbaho qog‘oz. Bundan tashqari, oddiy aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан