Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lishi masalasi ochiqligicha qolmoqda» — Sodiq Safoyev
20.11.2020 18:40,  
219

O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga qo‘shilishi Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo bo‘lishiga qaraganda ko‘proq munozaralarga sabab bo‘lmoqda, shu sababli bu masala ochiqligicha qolmoqda. Bu haqda 17 noyabr kuni Vashington Atlantika kengashida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Senati raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ma’lum qildi.

Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishchi tashrif bilan AQShda bo‘lib turibdi, tashrif 22 noyabrgacha davom etadi.

«JSTga a’zo bo‘lish O‘zbekiston uchun eng ustuvor vazifadir va biz ushbu tashkilotga qo‘shilishga tayyorgarlik qilishda ko‘rsatayotgan ulkan yordami uchun AQShdan minnatdormiz.  O‘tgan hafta O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzoqov va AQSh savdo vaziri Uilbur Ross (videokonferensiya shaklida) juda muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazdi. Biz AQShning qo‘llab-quvvatlashiga yana bir bor amin bo‘ldik», — degan Sodiq Safoyev.

Senatning birinchi vitse-spikeri mamlakatning bir qator ekspertlari JSTga a’zo bo‘lish «korxonalarning global raqobatga dosh bera olish qobiliyatiga putur yetkazadi» degan xavotirda ekanligini tan oldi. «Aholining aksariyati (qo‘shilishni qo‘llab-quvvatlaydi), hukumat va parlamentda JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha konsensus (maslahatlashish jarayonida kelishilgan) mavjud», — deya qo‘shimcha qildi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан