Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning Inson huquqlari bo‘yicha (Ombudsman) vakili saylandi
15.01.2021 12:20,  
245

2021 yil 15 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini (ombudsmanni) saylash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 78-moddasi 16-bandi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson xuquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasiga asosan Feruza Eshmatovani Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) lavozimiga saylash tavsiya etildi. 

Majlisda deputatlar savol-javob, muhokamalardan so‘ng Feruza Eshmatova nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) lavozimiga sayladilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан