Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning Koreyadagi turizm elchisi o‘zbek xalqiga videomurojaat yo‘lladi
8.06.2020 10:14,  
964

O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi turizm elchisi, mashhur “Saroy javohiri” serialidagi Tangem roli orqali tanilgan aktrisa Li Yon E o‘zbek xalqiga videomurojaat yo‘lladi.

Videomurojaatda Li Yon E koronavirus pandemiyasi asoratlarini yengishga doir sa’y-harakatlar, shuningdek Sirdaryo viloyatida Sardoba to‘g‘onining yorilishi bilan bog‘liq favqulodda holat munosabati bilan xalqimizga qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini bildiradi, deya ma’lum qildi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov. 

“Qadrli, O‘zbekiston ahli! Sizlarga hech qachon umidni yo‘qotmaslik va mavjud qiyinchiliklarni yengib o‘tishga kuch-quvvat tilayman! Tez kunlarda O‘zbekiston televideniyesida namoyish etiluvchi “Saimdan” seriali ham hayotda har qanday qiyinchiliklar bo‘lishiga qaramay, umid va shijoatni yo‘qotmaslikka chorlaydi. Umid qilamanki, bu ishonch siz aziz o‘zbekistonliklarga ham yaqin bo‘ladi. Men, o‘z o‘rnimda, chin qalbimdan imkon qadar tezroq O‘zbekistonga borib, sizlar bilan uchrashishni intiqib kutyapman”, - deyiladi murojaatda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан