Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
2.09.2020 09:42,  
392

«O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan.

Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasi hududining yaxlitligi va bo‘linmasligi;
  • qonuniylik;
  • ma’muriy-hududiy birliklardagi davlat boshqaruvining samaradorligi;
  • ma’muriy-hududiy birliklarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi.
  1. O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullardan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat.
  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat.
  3. Viloyatlar tumanlardan, shuningdek viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlardan, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardan iborat. Viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar doirasida ham tumanlar tashkil qilinishi mumkin.
  4. Viloyatlarning ma’muriy-hududiy chegaralari doirasida respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar bo‘lishi mumkin.
  5. Toshkent shahri tumanlardan iborat.

Ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha komissiyalar ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining takliflarini hamda viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va shaharlari) hokimlarining iltimosnomalarini ko‘rib chiqish hamda davlat ekspertizasidan o‘tkazish maqsadida tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan komissiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rahbarlari kiritiladi.

Ko‘rib chiqiladigan masalalar mazmuniga qarab, komissiyalar tarkibiga davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ham kiritilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va shaharlari) hokimlari tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar tarkibiga ko‘rib chiqiladigan masalalar mazmuniga qarab, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududiy bo‘linmalarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari kiritilishi mumkin.

Komissiyalarning ishlash va ularning faoliyatini tugatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Viloyatlarni tuzish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • viloyatni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
  • viloyat chegaralarining va viloyat tarkibiga hududlari o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda viloyat chegaralari chizig‘ining tavsifi (viloyatni tuzish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
  • tarkibiga tugatilayotgan viloyat hududi o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari chizig‘ining tavsifi (viloyatni tugatish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
  • viloyatni tuzish yoki tugatish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан