Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi rossiyalik shifokorlarga osh tarqatdi (foto)
15.05.2020 13:30,  
313

2020 yilning 14 may kuni O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi saxiy vatandoshlarimiz ko‘magida ikkita katta qozonda o‘zbekona palov tayyorlab, “#Rahmat!” xayriya aksiyasini o‘tkazdi.

Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, “Insonlar hayotini qutqarayotganingiz uchun #rahmat!” loyihasi doirasida o‘zbek milliy taomi Moskva shahrining turli tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan ko‘p sonli rossiyalik shifokorlarga tarqatildi.

Foto: TIV matbuot xizmati

“O‘zini o‘zi yakkalash tartibiga amal qilayotganingiz uchun #rahmat!” shiori ostida Rossiya poytaxtidagi hostellarda charter reyslari tashkil etilgunga qadar elchixona tomonidan joylashtirilgan o‘zbekistonliklarga osh yetkazib berildi. Shuni qayd etish joizki, o‘zbekona palov tarqatilgan vatandoshlarimiz orasida COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib, Rossiya hukumati talablariga binoan, o‘zini o‘zi yakkalash tartibiga o‘tgan hamda shifokorlar nazorati ostida davolanayotgan fuqarolarimiz ham mavjud,“ — deyiladi elchixona xabarida.

Foto: TIV matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, aksiya O‘zbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan Shavkat Mirziyoyevning “Saxovat va ko‘mak” tashabbusi doirasida vatandoshlarimizga yordam berish maqsadida olib borilayotgan ishlarning davomi bo‘lgan.

Shuningdek, har kuni mehnat migrantlariga, talabalarga va boshqa fuqarolarimizga oziq-ovqatlar, dori-darmonlar va gigiyena vositalari yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Foto: TIV matbuot xizmati

O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari saxiy homiylarga va barcha do‘stlarga koronavirus infeksiyasi bilan birgalikdagi kurashga berayotgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан