Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekistonning noyob taomlari” tanloviga start berildi
5.05.2020 23:16,  
279

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Gastronomik turizm assotsiatsiyasi “O‘zbekistonning noyob taomlari” tanloviga start berilayotgani haqida e’lon qiladi.

“National Geographic tanlovida eng yaxshi gastronomik yo‘nalish g‘olibi sifatida e’tirof etilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Butunjahon turistik tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan #SayohatErtaga gastronomik kampaniyasida qatnashmoqda. Bularning bari O‘zbekistonda gastronomik turizmni rivojlantirishga yuqori darajada e’tibor qaratilayotganidan darak beradi. “O‘zbekistonning noyob taomlari” tanlovi ham mana shunday ishlarning mantiqiy davomi sifatida soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi deya umid qilamiz”, - deydi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov.

“O‘zbekistonning noyob taomlari” loyihasiga ko‘ra, tanlovda ishtirok etish istagan kishilar o‘z hududlariga xos bo‘lgan qadimiy, antiqa va tobora yo‘qolib borayotgan kamida 5 milliy taom (suyuq, quyuq, pishiriq, shirinlik) retseptini taqdim etishi kerak bo‘ladi.

Ishtirokchidan quyidagi ma’lumotlar talab etiladi:

- taom, uning tarixi va muallifi haqidagi qisqacha ma’lumot va qiziqarli faktlar;
- 5-6 kishilik porsiya uchun kerak bo‘ladigan masalliqlar ro‘yxati (kilogramm, gramm, litr, qoshiq kabi o‘lchovlar bilan);
- masalliqlarning qanday shaklda to‘g‘ralishi (kubik, somoncha, halqasimon va b.)
- taomni tayyorlash jarayoni aniq ketma-ketlikda yozilishi;
- taomning mazali chiqishi uchun muallifdan qo‘shimcha va tavsiyalar;
- foto va/yoki videolavha.

Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 1-o‘rin uchun 5 million so‘m, 2-o‘rin uchun 3 million so‘m va 3-o‘rin uchun 2 million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari, shuningdek O‘zbekiston Gastronomik turizm assotsiatsiyasining diplom va sertifikatlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Eng sara retseptlar “O‘zbekistonning noyob taomlari” kitobiga sizning sulolangizning mualliflik retsepti sifatida ism va familiyangiz ko‘rsatilgan holda kiritiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Gastronomik turizm assotsiatsiyasining rasmiy kanali @gastrotourism_uz’ga obuna bo‘lishingiz va qayta aloqa boti @gastrotourismbot orqali retseptlarni yo‘llashingiz kerak bo‘ladi.

Materiallar 2020 yilning 20 may kuniga qadar qabul qilinadi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан