Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi yana qisqardi
19.11.2020 13:12,  
216

Markaziy bank O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari statistikasini yangiladi.

2020 yil 1 noyabr holatiga ko‘ra rasmiy zaxiralar 33,3 mlrd dollarni, xalqaro zaxiralar 32,4 mlrd dollarni tashkil etdi. 

O‘zbekistonning zaxiralari zaif diversifikatsiyalangan, shuning uchun deyarli barcha miqdor oltin (19 mlrd dollar) va xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (13,9 mlrd dollar, oktyabrda - 14,5 mlrd dollar) o‘rtasida taqsimlangan.

Zaxiralar, shu bilan birga, mamlakatning «xavfsizlik yostiqchasi» deb ham hisoblanadi - ular salbiy tashqi shok holatlarda zarbani kamaytiruvchi omil sifatida zarur va zaxiralarning yetarliligi shok holatlarning xususiyatiga bevosita bog‘liq.

O‘zbekiston 20 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli zaxiraga ega ekani ma’lum bo‘ldi. Bu xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichdan ko‘p.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан