Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning qancha aholisi kambag‘al ekanligi aytildi
29.07.2020 10:45,  
793

Dastlabki hisob-kitoblar yurtimizning 12-15 foiz yoki 4-5 million aholisi kambag‘al ekanligini ko‘rsatdi.

Bu haqda O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar yuzasidan ma’lumot bergan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Akmalxon Ortiqov ma’lum qildi.

Vazir o‘rinbosari O‘zbekistonda odamlarning muayyan qismi yetarli daromad manbaiga ega emasdigi va kambag‘alligi uzoq yillar “yopiq mavzu” bo‘lib kelganini alohida ta’kidladi.

"Aholining nochor qismiga ko‘mak berish maqsadida komleks va hududiy dasturlar ishlab chiqilgan, vazirlar, hokimlar va sektorlar rahbarlarining vazifalari belgilab berilgan. Lekin pandemiya ko‘p sohalarda ish o‘rinlarini yaratishga, kambag‘allikka qarshi kurashishga katta zarar yetkazib kelyapti. Uning ta’sirin yumshatish maqsadida “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati yo‘lga qo‘yildi. Uning doirasida xalq deputatlari mahalliy kengashlarining qarorlariga asosan, karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p bolali oilalarga, yakka yolg‘iz va nogironlarga hamda o‘z daromadini yo‘qotgan vaqtincha ishsiz bo‘lgan 321 mingga yaqin oilalarga 127 mlrd. 700 mln. so‘mdan ziyod mablag‘lar sarflandi", - dedi Ortiqov.

Shuningdek, hududlardagi sektor rahbarlari boshchiligida tashkil etilgan ishchi guruhlari tomonidan may-iyun oylarida ehtiyojmand oilalarga mansub 233 mingga yaqin fuqarolarimizga daromad manbaini yaratish choralari ko‘rildi.

Bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida ma’lumot berarkan vazir o‘rinbosari "joriy yilning iyul-oktyabr oylarida muxtoj oilalarning yana 257 mingga yaqin mehnatga layoqatli qismini daromad manbai bilan ta’minlashimiz zarur. Buning uchun joylardagi 4 ta sektor rahbarlari iqtisodiy kompleks tashkilotlari bilan oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, jamoat ishlariga jalb qilish va o‘zini o‘zi band qilish tizimi, investitsiya kompleksi bilan mavjud va yangidan ishga tushirilayotgan korxonalarga joylashtirish qishloq xo‘jaligi majmui bilan sohadagi korxonalarga, g‘alladan bo‘shagan maydonlarga serdaromad ekinlarni ekishiga yordam berish orqali, qurilish tashkilotlari bilan byudjet mablag‘lariga qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ob’yektlarga va bugun ipotekaning yangi tartibida amalga oshirilayotgan uy-joylar qurilishida bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi. Albatta, mazkur choralarning ijrosi bo‘yicha qat’iy monitoring tizimi o‘rnatilgan", deb aytdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан