Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning qator viloyatlari osmonida noma’lum yorug‘lik ko‘ringani bo‘yicha izoh berildi
7.04.2021 20:49,  
1352

O‘zbekistonning Andijon va Namangan viloyatlarida 6 aprel kuni osmonda bir lahza yorug‘lik paydo bo‘lib, keyin o‘chdi. Fanlar akademiyasining Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti direktori o‘rinbosari Yusuf Tillayev hodisa yuzasidan izoh berdi.

Xabarga ko‘ra, xuddi shu hodisa Qirg‘iziston osmonida ham kuzatildi, Bishkek va Chuy viloyati aholisi noma’lum ob’yektning qulaganini qayd etdi. Yusuf Tillayevning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 2 taxmin bor.

«Ikki taxmin bor. Birinchisi — bu kosmik chiqindi, kosmik kemaning o‘z vazifasini bajarib bo‘lgan qismi. Ikkinchi taxminga ko‘ra, bu — kosmik jism, asteroid parchasi bo‘lib, kecha bolid ko‘rinishida namoyon bo‘ldi», — dedi Yusuf Tillayev.

Olimning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda institut mutaxassislari mazkur hodisa sabablarini o‘rganish ustida ish olib bormoqda. «Umid qilamanki, tez orada biz uning nima ekanini aniqlaymiz», — deydi olim. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati osmondan ob’yekt tushishi bilan bog‘liq qandaydir vayronagarchiliklar to‘g‘risida axborot kelib tushmaganini xabar qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан