Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning qaysi hududida yangi tashkil etilgan korxonalar ko‘pligi ma’lum qilindi
11.04.2021 21:07,  
387

O‘zbekistonda 2021 yil 1 aprel holatiga ko‘ra (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 27 709 ta yangi korxona va tashkilotlar tuzilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3625 taga ko‘p bo‘lib, hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar soni quyidagicha qayd etilgan:

  • Toshkent shahri – 4692 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 3128 ta;
  • Samarqand viloyati – 2473 ta;
  • Toshkent viloyati – 2418 ta;
  • Farg‘ona viloyati – 2202 ta;
  • Namangan viloyati – 1792 ta;
  • Buxoro viloyati – 1765 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 1727 ta;
  • Andijon viloyati – 1599 ta;
  • Xorazm viloyati – 1318 ta;
  • Qoraqalpog‘iston – 1336 ta;
  • Jizzax viloyati – 1283 ta;
  • Navoiy viloyati – 1242 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 734 ta.

Shuningdek, respublikada  2021 yil yanvar–mart oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxonalar soni ma’lum qilingan:

  • savdoda – 9095 ta;
  • sanoatda – 5614 ta;
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 4561 ta;
  • qurilishda – 1851 ta;
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 1522 ta;
  • axborot va aloqada – 704 ta;
  • tashish va saqlashda – 671 ta;
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 447 ta;
  • boshqa sohalarda – 3244 ta.

Bundan tashqari, respublikada 2021 yil yanvar–mart oylarida jami (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxonalar soni 27 709 taga yetgan. Yillar kesimida dastlabki uch oy davomida yangi tashkil etilgan korxonalar ko‘rsatgichi ham keltirilgan:

  • 2018 yil – 15 495 ta;
  • 2019 yil – 31 593 ta;
  • 2020 yil – 24 084 ta;
  • 2021 yil – 27 709 ta.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан