Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi karantinda qiynalgan yurtdoshlarimizga moddiy yordam beradi
13.05.2020 18:53,  
345

2020 yil 14 maydan O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi va Rossiya hududlaridagi bosh konsulxonalari xayriya hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar hisobidan, Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan hamda COVID-19 virusi pandemiyasi sababli joriy qilingan karantin va cheklov choralari tufayli og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga bir marta beriladigan moddiy yordamni to‘lab berishni boshlaydi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bergan xabarga ko‘ra, bir martalik moddiy yordam RF hududida bo‘lib turgan quyidagi toifadagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga to‘lab beriladi:

  • 1. Nogironlar – tegishli tasdiqlovchi hujjat (ma’lumotnoma) taqdim etilgan taqdirda;
  • 2. Qaramog‘ida 2 yoshgacha farzandi bo‘lgan hamda homilasi 7 oylikdan oshgan ayollar – zarur tasdiqlovchi hujjatlar (bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma, tibbiyot muassasasidan ma’lumotnoma) taqdim etilgan holda;
  • 3. COVID-19 virusi tasdiqlangan shaxslar – tegishli tasdiqlovchi hujjat asosida;
  • 4. Rossiya oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limlarida tahsil olayotgan talabalar – o‘qish joyidan tegishli ma’lumotnoma asnosida.

Mazkur yordam Rossiyada belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda bir martalik pul mablag‘ini to‘lab berish shaklida amalga oshiriladi.

Moliyaviy yordamni olish uchun elchixona tomonidan maxsus ishga tushirilgan o‘zbek va rus tillaridagi “mexr.rf” elektron portali orqali murojaat yuborish lozim.

Shuningdek, elchixona xayriya bank raqamiga moliyaviy mablag‘lar o‘tkazgan homiylar va sheriklariga minnatdorchilik bildirdi. Vatandoshimiz, taniqli tadbirkor va homiy Alisher Usmonovga ham ko‘rsatgan keng ko‘lamli yordami uchun elchixona tomonidan alohida minnatdorchilik izhor etilgan.

Ehtiyojmand fuqarolarga moliyaviy mablag‘larni ajratish jarayoni shaffofligini ta’minlash maqsadida, elchixona har hafta o‘z rasmiy saytida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tegishli hisobotlar e’lon qilib boradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан