Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning tashqi qarzi 24 milliard dollardan oshdi
28.03.2020 12:34,  
433

O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 2019 yil boshidan 40,9 foizga yoki 7,1 milliard dollarga oshgan holda, 2020 yil 1 yanvar holatiga 24,4 milliard dollarni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida aytilgan.

2019 yilda qarzdorlikning o‘sishi asosan davlat sektoriga to‘g‘ri keldi (5,7 milliard dollar), shundan 1 milliard dollari xalqaro obligatsiyalar hisobiga shakllangan.

Banklar va iqtisodiyotning boshqa sektor korxonalari tomonidan qarz olish hajmining oshishi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 1,4 milliard dollarga oshdi.

Qayd etilishicha, 2019 yil davomida xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 2,8 milliard dollar qarzdorlik jalb qilindi. Qarzlarni jalb qilish asosan banklar – 2,1 milliard dollar, neft-gaz va energetika tashkilotlari – 208,2 mln. dollar, to‘qimachilik sektori korxonalari – 131 mln. dollar va iqtisodiyotning boshqa sektorlari – 391,2 mln. dollar tomonidan amalga oshirildi.

Shuningdek, o‘rganilayotgan davr mobaynida davlat tashqi qarzi bo‘yicha 451,5 mln. dollar miqdordagi asosiy qarz va 294,7 mln. dollar miqdordagi foiz to‘lovlari amalga oshirilgan.

Xususiy tashqi qarz to‘lovlari asosiy qarz bo‘yicha 1,5 mlrd. dollar va foiz to‘lovlari bo‘yicha 411,8 mln. dollarni tashkil qildi. Bunda, asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lovlarning eng katta qismini hanuzgacha neft-gaz va energetika sektori korxonalari hamda banklar amalga oshirmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан