Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning tashqi qarzi deyarli 38 milliard dollarga yetdi
27.12.2021 17:58,  
91

Bu haqda Markaziy bankning joriy yil 9 oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning to‘lov balansi va tashqi qarzi to‘g‘risidagi hisobotida ma’lum qilindi.

Detail image

Hisobotda qayd etilishicha, joriy yilning  1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning tashqi qarzi 37,6 milliard dollarni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 11 foizga yoki 3,7 milliard dollarga o‘sdi (1 yanvar holatiga ko‘ra 33,8 milliard dollar).

Xususan, davlat tashqi qarzi yil boshiga nisbatan 7 foizga yoki 1,5 milliard dollarga oshib, 22,9 milliard dollarni tashkil etdi, nodavlat tashqi qarzi esa 18 foizga yoki 2,2 milliard dollarga oshib, 14,7 milliard dollarga yetdi.

Hisobot davri yakunida mamlakatning xorijiy valyutadagi aktivlari 68,3 milliard dollarni, tashqi majburiyatlar hajmi esa 51,4 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, yil boshidan buyon O‘zbekistonning sof investitsion pozitsiyasi 17 foizga yoki 3,4 milliard dollarga pasaygan. Joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra 16,9 milliard dollarni tashkil etdi.

Jami yalpi tashqi qarzning asosiy qismini kreditlar va qarzlar tashkil qildi. Shuningdek, qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha majburiyatlar yil boshiga nisbatan ko‘paydi. Bu Hukumat tomonidan qiymati 635 million dollar hamda 2,5 trillion so‘m qiymatidagi qimmatli qog‘ozlarni chiqarilishi xamda Ipoteka va “UZAUTO MOTORS” AJ tomonidan mos  ravishda 785 milliard so‘m va 300 million dollar qiymatdagi qimmatli qog‘ozlarni jahon bozorlariga chiqarilishi bilan izohlanadi.

Yalpi tashqi qarzning YaIMga nisbati 13, boshqa majburiyatlarni hisobga olmagan holda 57 foizni tashkil qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан