Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning tashqi qarzi miqdori e’lon qilindi
28.11.2019 20:50,  
2115

​Moliya vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi Yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23,8 foizni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, umumiy davlat qarzi 33,6 foizni tashkil etib, Xalqaro valyuta jamg‘armasi bahosiga ko‘ra mo‘’tadil darajada hisoblanadi. Dunyo mamlakatlarining umumiy qarzi so‘ngi yillarda jiddiy oshishi kuzatilib, BMTning Savdo va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD) ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda 213 trillion dollar yoki YaIMga nisbatan 262 foizni tashkil etgan.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan birgalikda o‘rta muddatli qarzni boshqarish strategiyasi ilk bora ishlab chiqilgan. Xalqaro ekspertlar yordamida makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz davlat qarzining me’yoriy miqdorlari Xalqaro valyuta jamg‘armasining metodologiyasi asosida hisoblab chiqildi.

O‘zbekiston uchun moliyaviy xavfsiz bo‘lgan davlat qarzi me’yorlari ishlab chiqishda 2030 yilgacha bo‘lgan iqtisodiy o‘sish prognozlari, investitsion talablar, respublika iqtisodiyotining ayrim tashqi va ichki risklarga chidamliligi, so‘mning devalvatsiyasi, O‘zbekistonning eng katta savdo hamkorlari — Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Turkiyadagi iqtisodiy o‘sish va valyuta tebranishlari, ularning eksport va respublika iqtisodiyotiga ta’siri o‘rganib chiqilgan.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, Davlat byudjeti qonuni loyihasiga tashqi qarz olishga miqdoriy cheklovlar taklif etildi. Byudjetning qonun bilan tasdiqlanishi O‘zbekiston tarixida birinchi marta ro‘y bermoqda. «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonun parlament tomonidan qabul qilinib, Prezident tomonidan imzolangach, kuchga kiradi.

Qonun 30 noyabr, shanba kuni Toshkentda Oliy Majlis Senatining 24-yalpi majlisida muhokama qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан