Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbeklar, qozoqlar va ukrainlar faol ravishda Kolimada o‘rnashyapti
12.11.2019 14:19,  
11490

Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra 2019 yili Magadan viloyatidan 3 364 kishi ko‘chib ketgan, 2 419 kishi esa ko‘chib kelgan.

Sobiq magadanliklarning aksari Krasnodar o‘lkasi, Sankt-Peterburg, Moskva, Belgorod viloyati va Rossiya poytaxtiga ko‘chib o‘tishni afzal ko‘rgan.

Bir vaqtning o‘zida doimiy yashash uchun Kolimani tanlaganlarning 1 241 nafari MDH davlatlari fuqarolaridir. Ulardan 779 kishi Ukrainadan, 583 kishi O‘zbekistondan, 139 kishi Qozog‘iston va 123 kishi Armanistondan kelgan.

Kolima – Rossiya shimoli-sharqidagi tarixiy viloyat. U Kolima daryosi havzasi va Oxota dengizining shimoliy qirg‘ig‘ini o‘z ichiga oladi. Kolima tarixiy viloyat bo‘lgani uchun uning hududi shartli ravishda butun Magadan viloyati, Yoqutistonning sharqiy tumanlari va Kamchatka o‘lkasining shimolini o‘z ichiga oladi. Kolima o‘lkasi hech qachon alohida ma’muriy birlik sifatida ajratilmagan, turli vaqtlarda turli ma’muriy-hududiy birliklar tarkibida bo‘lib kelgan.

“Kolima” tushunchasi alohida mintaqa sifatida 1920-1930 yillarda, Kolima daryosi havzasida oltin va boshqa qimmatbaho tosh konlari topilganida tilga olingan. 1932-1953 yillardagi ommaviy qatag‘on yillarida esa bu yerda GULAG tizimidagi sharoiti o‘ta og‘ir mehnat lagerlari bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан