Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zbekneftgaz» Ai-92 markali benzin narxini arzonlashtirdi
15.09.2020 09:25,  
1653

«O‘zbekneftgaz» AJga qarashli «UNG Petro» korxonasi tasarrufidagi yoqilg‘i quyish stansiyalari tarmog‘ida sotilayotgan neft mahsulotlarining narxi bozor munosabatlaridan kelib chiqib shakllantirilishi haqida bir necha bor aytilgan edi.

«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 15 sentyabr kunidan boshlab AYoQShlardagi import qilingan Ai-92 markali benzinning narxi 6000 so‘mdan 5.500 so‘mga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning Ai-92 markali benzinining narxi esa 5.800 so‘mdan 5.500 so‘mga arzonlashtirilmoqda.

«Bundan keyin ham korxona tomonidan neft mahsulotlarining iste’molchilarga sotish narxlarini bozor munosabatlariga to‘liq tayanib shakllantirib boriladi, ularning tannarxi tushganda narxlar albatta arzonlashadi», – deydi «UNG Petro» MChJ direktori Mirzohid Musayev.

AYoQShlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to‘liq va aniq ma’lumotlarni @UNG_Petro_Bot telegram kanali orqali olishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан