Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi AQShning “Air Products and Chemicals, Inc.” kompaniyasi ijrochi vitse-prezidenti bilan uchrashdi
8.09.2021 15:15,  
36

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev va AQShning “Air Products and Chemicals, Inc.” kompaniyasi ijrochi vitse-prezidenti Samir Serxan
o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar neft va gaz sanoatida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, jahon energetika va neft-gaz kimyosi bozorining hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha bir qator masalalarni muhokama qilishdi.

Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati tomonidan xorijiy hamkorlarga O‘zbekiston Respublikasi neft va gaz sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

“Air Products” kompaniyasi mintaqamiz va mamlakatimizga bo‘lgan katta qiziqishlarini bildirar ekan, O‘zbekiston Respublikasidagi amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini qayd etishdi.

Ta’kidlash joizki, “Air Products” kompaniyasi “Uzbekneftegaz GTL” zavodida havo ajratish qurilmasini qurilishida ishtirok etmoqda.

Shuningdek, xorijiy tomon O‘zbekiston Respublikasi hududida noyob gazlar ishlab chiqarish zavodi qurilishiga ham qiziqish bildirgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni davom ettirish, shuningdek, birgalikdagi qayta ishlash faoliyatning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishga kelishishdi.

Ma’lumot uchun: “Air Products and Chemicals, Inc.” sanoat gazlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, 75 yildan buyon jahon bozorida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. 2019 yilda kompaniyaning 50 ta mamlakatda olib borayotgan hamkorligi evaziga tushgan savdo hajmi 8,9 milliard dollarni, kapitallashuvi esa 50 milliard dollarni tashkil etdi.

Kompaniyaning asosiy faoliyati–atmosfera va texnologik gazlar va turli sohalar uchun tegishli uskunalar, shu jumladan, neftni qayta ishlash va neft-kimyo, metallurgiya, elektronika, oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarishdan iborat.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан