Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti boshchiligida klub faoliyati muhokama qilindi (Foto)
2.01.2022 17:22,  
74

2021 yilning mart oyidan boshlab “Bunyodkor” futbol klubi Kuzatuv kengashi qarori bilan Klub prezidenti sifatida ish boshlagan “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev o‘tgan yilda klub nimalarga erishdiyu, nimalarni yo‘qotgani, 2022 yilda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar rejalari yuzasidan Bosh direktor Ulug‘bek Mirzayev, Bosh murabbiy Shuhrat Maqsudov, “Fan-klub” a’zolari yetakchisi Shavkat Imomov bilan uchrashdi.

Klub prezidenti avvalo, asosiy maqsad va vazifa O‘zbekiston Respublikasida futbolni rivojlantirishga, jumladan bolalar-o‘smirlar, professional hamda ommaviy futbolni keng targ‘ib qilishga qaratilganini ta’kidlab o‘tdi.

Bundan tashqari, Klubning bosh vazifasi asosiy jamoaning milliy chempionat, O‘zbekiston kubogi va xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi, qolaversa, yoshlar, ayollar mini-futbol, shuningdek I va II liga jamoalarimizning O‘zbekiston chempionatlaridagi muvaffaqiyatli eshtirok etishiga qaratilgan bo‘lsa-da, afsuski o‘tgan yilda kutilgan natijalarga erishilmagani tanqid qilindi.

Uchrashuv davomida, Klub Bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev va Bosh murabbiyning 2021 yil sarhisobi hamda 2022 yil rejalar bo‘yicha hisoboti tinglandi. Ulug‘bek Mirzayev O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga “Bunyodkor”dan besh nafar futbolchi jalb etilganini bildirib, yoshlar erishayotgan yutuqlar bo‘yicha ma’lumotlarni keltirib o‘tdi.

Bosh murabbiy Shuhrat Maqsudov jamoani qabul qilib olganiga ko‘p vaqt bo‘lmaganiga qaramay, har bir futbolchi bilan alohida muloqot yo‘lga qo‘yilib, ularning jismoniy va ruhiy holati o‘rganilgani, 2021 yilgi natijalardan o‘zi ham qoniqmagani va 2022 yilda jamoa faqat sovrinli o‘rinlar uchun kurashishini bildirdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Bosh murabbiyga imkon berishini va 2022 yilgi natijalarga qarab uning faoliyati bo‘yicha xulosa qilishini aytib, faqat g‘alaba uchun maydonga tushish kerakligini, nafaqat milliy chempionat, kubok bahslari balki xalqaro maydonda ham jamoa o‘z o‘rniga ega bo‘lishi kerakligi borasida topshiriqlar berdi.

Jamoani shakllantirishda seleksiya ishlarini olib borish, yosh futbolchilarga imkon berish, korrupsiya va tanish-bilishchilikka mutloqo o‘rin bermaslik bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, “Bunyodkor” FKning bolalar-o‘smirlar futbol maktabi tarbiyalanuvchilariga alohida e’tibor berish hamda ular uchun zarur sharoitlarni yaratish kerakligi ta’kidlandi.

O‘z navbatida 2022 yilda klub va uning xodimlarini, jamoa va barcha futbolchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalasiga ham alohida e’tibor berilib, rag‘batlantirish masalalari qayta ko‘rib chiqilishi, o‘zining fidoiyligini namoyish qilgan har bir ishchi-xodim va futbolchi, murabbiy, jamoa a’zosi rag‘batlantirishi aytildi. Shuningdek, Mehriddin Abdullayev 2022 yilda jamoaga omad tiladi.

 

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан