Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Sankt-Peterburgdagi xalqaro gaz forumida ishtirok etdi (Foto)
7.10.2021 17:09,  
24

2021 yilning 5-8 oktyabr kunlari “EkspoForum-Interneshnl” kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan X Peterburg xalqaro gaz forumi (PMGF–2021)da “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan X yubiley Peterburg xalqaro gaz forumida 2011 yildan buyon munatazam o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu forum har yili jahon hamjamiyatining yetakchi vakillarini to‘playdigan gaz sanoatining eng nufuzli biznes tadbirlaridan biridir.

Shuningdek, ushbu forum neft-gaz sohasidagi eng yirik xalqaro kongress va ko‘rgazma loyihalarining TOP-5 ligiga kiritilgan.

Sankt-Peterburgdagi “EKSPOFORUM” kongress-ko‘rgazma markazida o‘tayotgan bu yilgi forum xalqaro gaz bozorining rivojlanishi va gaz sanoati rivojlanishining global tendensiyalariga bag‘ishlandi.

Forum doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi boshligidagi delegatsiyasi hamda “Gazprom” AJ, gaz sanoati uchun asbob-uskunalar va texnikalar ishlab chiqaruvchi “OMK” AJ va “TMK” AJ, gazni taqsimlash va gaz yetkazib berish borasidagi yirik tashkilotlardan biri bo‘lgan “ODK” AJ biznes vakillari bilan bir qator muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning bugungi holati va hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Delegatsiya a’zolari bir qator ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalarga ham tashrif buyurdi. Xususan, “InGAS Stream – Gaz tarmog‘idagi innovatsiyalar” xalqaro ko‘rgazmasini va “Gaz motor yoqilg‘isi” ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishib chiqildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ delegatsiyasining X yubiley Peterburg xalqaro gaz forumida ishtirok etishi, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish va O‘zbekiston Respublikasi neft-gaz tarmog‘ini xalqaro hamjamiyatga taqdim etish imkonini berdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu Forum doirasida 90 ta turli formatdagi tadbirlar o‘tkaziladi va konferensiyalarda o‘zaro muzokaralardan tashqari, aniq qarorlar, turli loyihalar borasida tomonlar o‘zaro kelishuvlarga erishadilar.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан