Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev Xalqaro iqtisodiy forum doirasida yirik kompaniyalar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi (Foto
30.09.2021 18:37,  
14

Toshkentdagi “Congress Hall” saroyida “O‘zbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro iqtisodiy forum doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev “Ernst & Young”, “Siti”, “J. P. Morgan”, “Societe Generale CIB”, “Deutsche Bank”, “Helaba Landesbank Hessen Thuringen” kabi yirik kompaniyalarning rahbarlari hamkorlik yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Dastlabki uchrashuv, dunyodagi eng nomdor banklardan biri hisoblangan, yirik moliyaviy xizmatlarni amalga oshirib kelayotgan “Citi” bankining hududiy direktori Emre Karter bilan bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari va loyihalarni amalga oshirish borasida fikr almashishdi. O‘zaro uchrashuv yakuniga ko‘ra, “Citi” bankining loyihalarda ishtirok etishi va Jamiyatning rivojlanishi yo‘lida ko‘makdosh bo‘lishi taklifi ma’qullandi.

Navbatdagi uchrashuv esa, 2,5 trillion dollarlik aktivlarga ega bo‘lgan, uzoq yillardan buyon samarali va ishonchli faoliyat yuritib kelayotgan J. P. Morgan delegatsiyasiyasi a’zolari bilan o‘tkazildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi va J. P. Morgan’ning O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Timur Kunanbayev o‘rtasidagi uchrashuvda mamlakatimizda neft-gaz sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlar, transformatsiya, ma’muriy va tarkibiy o‘zgarishlar, shuningdek, sohaning investitsiya jozibadorligi borasida muhokama qilishdi.

Uchrashuvlarga boy bo‘lgan Xalqaro forum doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ va Fransiyaning moliyaviy konglomeratlaridan biri bo‘lgan “Societe Generale” xalqaro banki vakillarining ham o‘zaro uchrashuvi tashkil qilindi.

“Societe Generale” xalqaro bankining qarz kapitali bozori bo‘yicha Global rahbari Felks Orsi va “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev o‘rtasidagi uchrashuv samimiy darajada o‘tdi, unda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni moliyalashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini yetarli darajada energiya resurslari bilan ta’minlash uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishiga kelishib olindi.

Bundan tashqari, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi “Deutsche Bank AG”ning O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Igor Vagner bilan uchrashdi va muzokaralar o‘tkazdi.

Igor Vagner O‘zbekistondagi neft-gaz sanoatida ijobiy tendensiyalar va “O‘zbekneftgaz” AJning investitsiya borasida rivojlanib borayotganini qayd etdi va transformatsiya jarayonlari bo‘yicha takliflarini berdi.

O‘z navbatida, tomonlar “Deutsche Bank AG” bankining uzoq muddatli kredit va boshqa moliyaviy vositalar ajratish imkoniyati bilan “O‘zbekneftgaz” AJning turli loyihalarida ishtirok etish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi boshchiligidagi jamoa va dunyodagi yirik kompaniyalarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi Germaniyadagi “Helaba Landesbank Hessen-Thüringen” bankining savdo va eksport moliyasini tuzish bo‘yicha ijrochi direktori janob Andryu Rempel boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.

Tomonlar “O‘zbekneftgaz” AJning istiqbolli loyihalarini moliyalashtirish uchun uzoq muddatli kreditlarni jalb etish masalalarini ko‘rib chiqdilar, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini o‘rganish, ularning ish samaradorligini oshirish, hamkorlikning boshqa sohalarini kengaytirish masalalarini muhokama qilindi.

“O‘zbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro iqtisodiy forum doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev “Ernst & Young” auditorlik konsalting kompaniyasi “Ernst & Young” kompaniyasining biznes maslahat umumiy amaliyot departamenti rahbari Ruta Makarevichute va Amaliyot boshlig‘i Anvar Azamov bilan ham uchrashdi.

Uchrashuvda 2020 yil uchun Jamiyatning moliyaviy hisobotlarini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida auditdan o‘tkazishni yakunlash va 2021 yilning 30 sentyabriga qadar ijobiy xulosasini olish, “Operatsion samaradorlik” va “Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga yangi yondashuvlar” yo‘nalishi muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro iqtisodiy forum davom etadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan forum doirasida hamkorlik masalalari yuzasidan yana bir qator nufuzli kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан