“O‘zbekneftgaz” AJ o‘z tarixida ilk marta xalqaro korporativ kredit reytingiga ega bo‘ldi

“O‘zbekneftgaz” AJ o‘z tarixida ilk marta xalqaro korporativ kredit reytingiga ega bo‘ldi

O‘zbekiston neft va gaz tarmog‘i milliy operatori – “O‘zbekneftgaz” AJ o‘z tarixida birinchi marta “Fitch Ratings” tomonidan “barqaror” prognozi bilan " BB-" darajasidagi reytingni egalladi.

Ma’lumot uchun: Kredit reytingi – reyting agentligining qarzdorning umumiy kredit layoqati yoki kredit oluvchining aniq qarzdorlik majburiyatlari bo‘yicha xavf omillarini baholashga asoslangan fikri.

2021 yil fevral oyida “O‘zbekneftgaz” AJ reyting agentliklaridan xalqaro bozorga bosqichma-bosqich kirish uchun xalqaro kredit reytingini olish ishlarini boshlagan edi.

Ta’kidlash joizki, 2021 yilning 9 aprelida “Fitch Ratings” tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “BB-“ darajasida uzoq muddatli kredit reytingi “barqaror “prognozi” bilan saqlanganligi tasdiqlandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev tashabbusi bilan “Gazprombank” AJ bilan hamkorlikda korporativ kredit reytingini olishda yaqindan ish olib bordi.

Shu bilan birga, 2021 yil 10 avgustda “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati va “Fitch Ratings” tahlilchilari o‘rtasida kompaniyaning kredit layoqatini baholash uchun reyting uchrashuvi o‘tkazildi.

Taqdimot natijasiga ko‘ra va “O‘zbekneftgaz” AJning kredit qobiliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida “Fitch Ratings” qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining suveren (BB-) darajasidagi reyting (VV-/Barqaror) berildi.

Ma’lumot uchun: “BB” – kredit xavflari mavjud bo‘lishi mumkin ekani, biroq kompaniya investorlar va kreditorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajara oladi. Bunda kompaniya investitsiya hisoblanadi.

Bundan tashqari, “O‘zbekneftgaz” AJ O‘zbekiston Respublikasida suveren darajada xalqaro korporativ reytingga ega bo‘lgan birinchi kompaniya hisoblanadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati