Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz” AJ o‘z tarixida va respublikadagi yirik ishlab chiqarish kompaniyalari ichida birinchilar qatorida navbatdagi yutuqga erishdi
25.10.2021 14:56,  
20

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev tomonidan olib borilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida, jahondagi yirik to‘rtta auditor-konsalting kompaniyalaridan biri hisoblangan, “Ernst & Young” kompaniyasi tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJning 2016–2017 yillardagi hisoboti uchun 2020 yil 5 iyunda, 2018 yil hisoboti uchun 2020 yilning 24 noyabrida va 2019 yil hisoboti uchun 2021 yilning 31 yanvarida ijobiy auditorlik xulosalari berilgan edi.

Mamlakatimizning yoqilg‘i-energetika va gaz-kimyo sohasida yetakchi hisoblangan “O‘zbekneftgaz” AJ o‘z tarixida va respublikadagi yirik ishlab chiqarish kompaniyalari ichida birinchilar qatorida navbatdagi yutuqga erishdi.

Aksiyadorlik jamiyaining Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida 2021 yilning 1-yarim yilligi uchun tuzilgan oraliq konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotiga “Ernst & Young” xalqaro auditorlik kompaniyasidan ijobiy auditorlik sharhi (xulosasi) olindi.

Mazkur hisobot va auditorlik sharhi (xulosasi) “Fitsh Ratings”, “S & P Global Ratings” va “Moody’s” xalqaro reyting agentliklari, yirik xorijiy banklar “City Bank”, “Mitsubishi UFJ Financial Group”, “JPMorgan Chase & Co”, “China Development Bank”, “Gaprombank”, “VEB.RF” va boshqalar, xalqaro konsalting va yuridik kompaniyalarga ham taqdim etildi.

Ta’kidlash joizki, joriy yilning 29 sentyabri va 22 oktyabrida “O‘zbekneftgaz” AJ o‘z tarixida birinchi marta “Fitch Ratings” va “Standard & Poors Global Ratings” xalqaro reyting kompaniyalarining “barqaror” prognozi bilan “BB-” darajasidagi reytingiga ega bo‘lgan edi.

MHXS asosida tayyorlangan va jahon miqyosidagi “katta to‘rtlik”ga kiruvchi auditorlik kompaniyasining ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo‘lgan moliyaviy hisobot xorijiy yirik investorlar uchun ma’lumot manbai sanaladi.

Shu jihatdan yevroobligatsiyalarni debyut emissiyasi paytida xalqaro fond birjalarining talablariga muvofiq, o‘z qimmatbaho qog‘ozi (yevroobligatsiya)ni joylashtirishni rejalashtirgan kompaniya birinchi navbatda hisobot sanasidan 120 kundan kechikmagan holda MHXS asosida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzishi va ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo‘lishi lozim.

Auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilgan MHXS asosidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot o‘z navbatida yevroobligatsiyalar chiqarilishida umuman har qanday qimmatbaho qog‘ozlar chiqarilishida zarur bo‘lgan “EMISSIYa PROSPEKTI” nomli hujjatni tayyorlashda ham muhim ma’lumot manba bo‘lib hisoblanadi.

MHXS asosida 2021 yilning 1-yarim yilligi uchun konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti uchun “Ernst & Young” xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik sharhi (xulosasi) mavjudligi “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan keyingi yutuqlarga erishish, shu jumladan xalqaro fond bozorlarida o‘z yevroobligatsiyalar emissiya qilishida muhim turtki bo‘lib xizmat qiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан