Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz” AJ “Qarshi neft bazasi”ning xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 6 nafar mansabdori ishdan ozod etildi
22.11.2021 17:24,  
124

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘iga ko‘ra, moliyaviy va komplayens nazorati yo‘nalishida korrupsiya, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishga, ularni kelgusida yo‘l qo‘yilishini oldini olishga qaratilgan profilaktik nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Navbatdagi o‘rganish “Qarshi neft bazasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida o‘tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, neft mahsulotlarining saqlanishi, iste’molchilarga yetkazib berilishi, debitorlik, kreditor qarzdorliklar bilan bog‘liq ko‘plab noo‘rin xarajatlar, shuningdek, amaldagi qonunchilikka rioya qilinmaslik holatlari aniqlandi.

Jamiyat va uning filiallari rahbariyati hamda muttasadi xodimlarining o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan yondoshuvi, shuningdek, mahsulotlarni amaldagi qonunchilikka zid ravishda to‘lovsiz berib yuborilishi oqibatida 2021 yil 1 yanvar holatiga nisbatan jami debitor qarzdorliklarni 21 mlrd 213 mln so‘mga ortishiga yo‘l qo‘yilgan. 

Xususan:

• "Qarshi neft bazasi"da (filiallarsiz) 9 mlrd 257,4 mln so‘mga oshgan;

•  Koson filialida 10 mlrd 553,1 mln so‘mga oshgan;

•  G‘uzor filialida 1 mlrd 386,5 mln so‘mga oshgan.

“Qarshi neft bazasi” MChJ qarashli FYoTShlarda saqlanayotgan neft mahsulotlari xatlovdan o‘tkazilib, buxgalteriya qoldiqlari bilan solishtirilganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 fevraldagi “Qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarining keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 149-sonli qarorining bandlariga zid ravishda jami 9 ta FYoTShda 1 mlrd  286 mln so‘mlik 130 135 litr neft mahsulotlari istemolchilarga to‘lovsiz, ruxsatnomalar, hisob-ma’lumotnomalar rasmiylashtirmasdan yetkazib berilgan va kamomad holatiga yo‘l qo‘yilgan. O‘rganish davrida istemolchilardan pul mablag‘lari tushirilib jami 895,7 mln so‘mlik neft mahsulotlari qiymati qoplandi.

Huddi shunday, Yakkabog‘ filialiga qarashli 3 ta FYoTShda jami 1 mlrd 162 mln so‘mlik 130 254 litr neft mahsulotlari istemolchilarga to‘lovsiz ruxsatnomalar, hisob-ma’lumotnomalar rasmiylashtirmasdan yetkazib berilgan va kamomad holatiga yo‘l qo‘yilgan. Istemolchilardan pul mablag‘lari tushirilib, kamomad to‘liq qoplandi.

Neft bazaning Koson filiali mahsulotlar omborida o‘tkazilgan  xatlovda jami 80,5 mln so‘mlik 11,0 tonna Ai-80 avtobenzindan kamomad aniqlanib, javobgar shaxs tomonidan qoplanishi ta’minlandi. 

Ushbu filialning FYoTShlardagi mavjud tovar moddiy boyliklari xatlovdan o‘tkazilganda, jami 16 ta FYoTShda 15,4 mln so‘mlik tovar moddiy boyliklar yaroqsiz holatga keltirilganligi aniqlangan. 

Shuningdek, 2015-2017 yillarda xodimlarning xarid qilingan namunali uy-joylardan bo‘lgan 10,7 mln so‘m qarzdorligini vaqtida undirish choralari ko‘rilmagan. 

Aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish, ularni kelgusida yo‘l qo‘yilishini oldini olish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJning tegishli departamentlari va neft baza jamoasi ishtirokida “Qarshi neft bazasi” MChJda kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilib, muhokama qilindi. 

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, “Qarshi neft bazasi” MChJning xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan jami 28 nafar mas’ul mansabdor shaxsga nisbatan qat’iy intizomiy choralar ko‘rildi, shundan 6 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi, 22 nafariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Xatoliklarni bartaraf qilish, kelgusida yo‘l qo‘ymaslik, tegishli huquqiy baho berish va talon-tarojliklarni kamaytirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

"Qarshi neft bazasi"da aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan hujjatlar to‘planib, huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

 

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан