Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz” AJ va Rossiyaning “VEB.RF" banki o‘rtasida 40 million yevrolik kelishuv shartnomasi imzolandi
19.11.2021 19:59,  
62

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ va “VEB.RF" o‘rtasida 40 million yevrolik kelishuvga erishildi.

“VEB.RF” kuzatuv kengashi rahbari o‘rinbosari D.V. Algulyan va “O‘zbekneftgaz” AJ Mehriddin Abdullayev ushbu bitimni imzoladilar.

“VEB.RF” davlat taraqqiyot korporatsiyasi mamlakatimizda neft-gaz sohasidagi loyihalarni va chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida “O‘zbekneftgaz” jamiyatining ishonchli moliyaviy sheriklaridan biridir.

Jalb qilinadigan mablag‘lar asosan “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, quduqlarni burg‘ulash va uglevodorodlarni qazib chiqarish uchun zarur bo‘lgan texnologik uskuna va moddiy-texnik resurslarni Rossiya davlatidagi ishlab chiqaruvlardan sotib olish bo‘yicha shartnomalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Aytish joizki, 2020 yilda ham “VEB.RF” korporatsiyasi tomonidan jamiyatga 40 million yevrolik bitim imzolanib, uning doirasida zarur mahsulot va xizmatlar xarid qilingan.

Mazkur mablag‘larining jalb qilinishi jamiyat oldida turgan asosiy ustuvor vazifa, ya’ni uglevodorodlar zahirasini oshirish va ularni qazib chiqarish hajmlarini oshirishga, iqtisodiy tarmoqlar va aholiga uzlulksiz ravishda tabiiy gaz yetkazib berishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, “VEB.RF” Davlat taraqqiyot korporatsiyasi iqtisodiy rivojlanish loyihalarini moliyalashtiruvchi davlat investitsiya banki bo‘lib, uning asosiy vazifasi infratuzilma, sanoat, ijtimoiy soha, texnologik salohiyatni mustahkamlash va aholi turmush tarzini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda hissa qo‘shishdan iborat.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан