Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz” AJ va uning tasarrufdagi tashkilotlarda “Kuchaytirilgan ish rejim” tashkil qilindi (Foto)
2.01.2022 20:13,  
169

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021 yil 30 dekabr kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash uchun “O‘zbekneftgaz” AJ va uning tasarrufdagi tashkilotlarda “Kuchaytirilgan ish rejimi” tashkil etildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘iga asosan, Yangi yil bayrami munosabati bilan berilgan dam olish kunlari ishlab chiqarish va qayta ishlash ishlari uzluksiz tashkil etildi.

Qish mavsumida hamda bayram kunlari aholi, sanoat va xalq xo‘jaligi is’temolchilarini tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, benzin va dizel yonilg‘ilari bilan ta’minlashda uzulishlarni oldini olish, barcha qazib chiqarish, qayta ishlash, ishlab chiqarish korxonalarining bir maromda ishlashini navbatchilar to‘liq monitoring qilib borishadi.

Shu bois, “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufdagi barcha korxona va tashkilotlarda ishlab-chiqarish jarayonlarining bir maromda ishlashini ta’minlash hamda uzulishlarni oldini olish maqsadida 2022 yilning 1-15 yanvar kunlari “Kuchaytirilgan ish rejimi” tashkil qilinishi belgilandi.

Ayni ushbu kunlarda Jamiyat tasarrufdagi barcha korxona va tashkilot rahbarlari mas’ulligida 2022 yilning 1-15 yanvar kunlari kechayu-kunduz navbatchilik tashkil etiladi.

Barcha korxonalarning birinchi rahbarlari “Kuchaytirilgan ish rejimi” doirasida shaxsan ish joyida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini uzluksizligini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, korxonalar rahbarlari ob’yektlarni qo‘riqlash masalalariga e’tibor berib, rahbar, muhandis-texnik va ishchi xodimlar tomonidan xavfsizlik texnikasi, mehnat muhofazasi, yong‘in va harakat xavfsizligi talablariga qat’iy amal qilinishi ta’minlanishi shart.

Boshqaruv raisi tomonidan korxona va tashkilotlarining barcha ob’yektlari, qurilma, kon va sexlarida shu kunlari faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlarning ish joylariga borib-kelishlari, ovqatlanish va boshqa zaruriy tadbirlarni e’tiborga olgan holda qulay ish sharoitlarini yaratish yuzasidan qo‘shimcha choralar belgilab berildi.

O‘z navbatida aholi talablarini inobatga olgan holda, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ va “Neft bazalari” MChJlari tomonidan aholi, sanoat va halq xo‘jaligi iste’molchilaring sifatli benzin, dizel yonilg‘isi, neft mahsulotlari bilan ta’minlashda uzilish va tanqisliklarga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘riladi.

“UNG-Petro” MChJ, “Chinobod neft bazasi” va “Kuchlik neft bazasi” rahbarlarining shaxsan nazorati ostida iste’molchilarni benzin va dizel yonilg‘isi bilan kechayu-kunduz ta’minlash, narxlarning sun’iy ravishda o‘sishini oldini olish choralarini ko‘rgan holda AYoQShlarda tungi “reyd”lar tashkil etiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан