Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






​​“O‘zbekneftgaz” AJga tegishli AYoQShlarda benzin narxi 6500 so‘m qilib belgilandi
17.12.2021 09:36,  
190

So‘nggi kunlarda benzin taqchilligi kuzatilgani sababli internet ijtimoiy tarmoqlarida tanqidiy muhokamalar bo‘ldi, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining topshirig‘iga asosan, “Ishchi guruh”lari tuzilib, neft mahsulotlarining iste’molchilarga yetkazib berilishi to‘liq nazoratga olindi.

Olib borilgan ishlar natijasida avtobenzin taqchilligining oldi olinib, iste’molchilar talab va takliflariga binoan narxlarning arzonlashtirilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.

Benzin taqchilligini oldini olish va uning narxlarini arzonlashtirish borasida “O‘zbekneftgaz” AJ Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va “Tovar xomashyo birjasi” AJ hamkorligida chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Natijada “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli AYoQShlarda bugun, 17 dekabr kunidan boshlab “AI-80” markadagi benzin 6890 so‘mdan arzonlashtirilib, har bir litri uchun 6500 so‘m narxda sotuvga chiqarildi.

Respublika hududidagi “O‘zbekneftgaz” AJning barcha AYoQShlarda benzin shu belgilangan narxda sotilishi ta’minlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан