Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: “Arslon” gazni kompleks tayyorlash qurilmasidan “O‘ztransgaz” AJ magistral gaz quvurigacha 17 km uzunlikdagi yangi gaz quvuri o‘rnatildi
4.09.2021 17:40,  
40

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining topshirig‘iga asosan, “2017–2021 yillarda uglevodorod xomashyosi qazib chiqarishni ko‘paytirish Dasturi” doirasida tabiiy gaz va gaz kondensati qazib chiqarish hajmini oshirish maqsadida sohada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Hususan, Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Quyi Surgil”, “Araliq” va “G‘arbiy Quyi Surgil” kabi istiqbolli konlar hisobiga tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi ortishini inoabatga olib, “Arslon” gazni kompleks tayyorlash qurilmasidan “O‘ztransgaz” AJ magistral gaz quvurlarigacha bo‘lgan oraliqda qo‘shimcha tovar gaz quvurini kengaytirish ehtiyoji paydo bo‘ldi.

Shu sababli, Bosh pudratchi “ERIELL Oilfield Services Middle East DMCC” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Arslon” gazni kompleks tayyorlash qurilmasidan “O‘ztransgaz” AJ magistral gaz quvurlariga tozalangan tabiiy gaz uzatish quvurlarining gaz o‘tkazish quvvatlari oshirildi.

“2017–2021 yillarda uglevodorod xomashyosi qazib chiqarishni ko‘paytirish Dastur” doirasida loyihalashtirilgan 17 km uzunlikdagi diametri 530 mm li gaz quvuri va gaz quvurini suyuqliklar va mexanik aralashmalardan tozalash uchun porshen yuborish – qabul qilish qurilmalari hamda gaz sarfini o‘lchash qatorlari qurib, ishga tushirildi.

Ushbu gaz quvurini ishga tushirilishi natijasida “Arslon” gazni kompleks tozalash qurilmasidan “Buxoro – Ural” magistral gaz quvurning gaz o‘tkazish quvvatini oshirish bilan quvurlarda gaz bosimlari farqining o‘sishi, ya’ni gidravlik qarshiliklar oldi olinishi hamda “Uztransgaz” AJ magistral gaz quvurlariga past bosimda yetkazib berish evaziga kunlik 200 ming kub metr tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi ko‘payishiga erishildi.

Bundan tashqari, bosimlar farqi kamayishi natijasida Ustyurt regionidan qazib olinayotgan gaz xajmlarini transportirovka qilish tizimini barqarorligi hamda “O‘ztransgaz” va Ustyurt gaz kimyo majmuasiga uzatiladigan tabiiy gaz sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilanishi erishildi.

Ma’lumot uchun: “Arslon” koni Qaraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumani xududida joylashgan bo‘lib, 2015 yilda ishga tushirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан