Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: Avtobenzin narxining arzonlashgani borasidagi xabarlar yuzasidan RASMIY BAYoNOT!
8.01.2022 21:04,  
687

Bugun, 8 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali avtobenzin narxi arzonlashganiga oid tasdiqlanmagan xabar tarqatildi va bu holat internet foydalanuvchilari, iste’molchilari o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan avtobenzin taqchilligi oldini olish, iste’molchilar talab va takliflariga binoan narxlarning arzonlashtirilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu boradagi o‘zgarishlar eng avvalo Jamiyat Matbuot xizmati va OAV orqali rasman ommaga yetkaziladi.

Ta’kidlash kerakki, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining topshirig‘iga asosan, “Ishchi guruh”lari tuzilib, neft mahsulotlarining iste’molchilarga yetkazib berilishi to‘liq nazoratga olingan.

Benzin taqchilligini oldini olish va uning narxlarini arzonlashtirish borasida “O‘zbekneftgaz” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va “Tovar xomashyo birjasi” AJ hamkorligida chora-tadbirlar bajarilmoqda.

Bugungi kunda birja savdolari orqali savdoga chiqarilayotgan avtobenzin sotib olinib, iste’molchiga yetkazib berilgunga qadar (soliq, rentabellik, transport xarajatlari va boshqa xarajatlar) 6700 so‘mni tashkil etmoqda.

Xarajatlarni kamaytirish borasida qilinayotgan ishlarning samarasi o‘laroq, bugungi kunda “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli “UNG Petro” korxonasi AYoQShlarida 6500 so‘mdan sotib kelinmoqda. Respublika hududidagi “O‘zbekneftgaz” AJning barcha AYoQShlarda benzin shu belgilangan narxda sotilishi ta’minmoqda.

Avtobenzin narxi arzonlashishi borasida yangiliklar Jamiyatning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilinishini ma’lum qilamiz.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан