Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi Buxoro neftni qayta ishlash zavodida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi (foto)
12.09.2021 13:12,  
34

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning oxiriga qadar hududlar va tarmoqlarda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev Buxoro neftni qayta ishlash zavodida bo‘lib, ishlab chiqarish holatini o‘rgandi.

Boshqaruv raisi boshchiligida 2021 yildagi ishlab chiqarish hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bajarilishi, innovatsion rivojlanish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarilishi, kapital qurilish dasturlari va kelgusidagi rejalari muhokama qilindi.

Zavodning so‘nggi 8 oylik rejali ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining bajarilishi borasida hisobot berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neftni qayta ishlash zavodlarida xomashyo qayta ishlash bo‘yicha yanvar-avgust davri uchun reja 849,0 ming tonna belgilangan bo‘lib, amalda 951,9 ming tonna qayta ishlandi yoki reja 112,1%ga 2020 yilga nisbatan 78,0%ga bajarilgani, avtobenzin ishlab chiqarish bo‘yicha reja 484,1 ming tonna belgilangan bo‘lib, amalda 571,8 ming tonna ishlab chiqarildi, natijada reja 118,1%ga 2020 yilga nisbatan 103,3%ga bajarilgani e’tirof etildi.

O‘tgan davr mobaynida Buxoro neftni qayta ishlash zavodida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi natijasida, 73,0 ming tonna AI–91, 26,1 ming tonna AI–92, 2,8 ming tonna AI–95, shundan 852 tonnasi “QuWatt” rusumidagi yuqori oktanli avtobenzin ishlab chiqarilib, dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish bo‘yicha reja 124,5 ming tonna belgilangan, amalda 177,5 ming tonna ishlab chiqarilib, reja 142,6%ga 2020 yilga nisbatan 44,2%ga bajarildi. Shu jumladan, 29,8 ming tonna Yevro–4, 22,7 ming tonna Yevro–5 rusumidagi dizel yonilg‘ilari ishlab chiqarilgan. 
 

Uchrashuvda Zavod mutaxassislar guruhining “TANEKO” AJ kompaniyasining ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish va tajriba almashinish maqsadida Tatariston Respublikasining Qozon shahriga xizmat safariga yuborilishi hamda bunga tayyorgarlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Boshqaruv raisiga zavod mutaxassislari “TANEKO” AJ kompaniyasining ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari va mahsulotlarining qiyosiy tahlili o‘tkazilganligi va “TANEKO” AJning kelajakdagi rivojlanishi bilan bog‘liq bir qator savolnomalar tayyorlaganligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Muhokama davomida “TANEKO” AJ bilan hamkorlikning asosiy qismlarini qayd etib, “O‘zbekneftgaz” AJning ushbu kompaniya bilan o‘zaro aloqasi muhimligini ta’kidladi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish istiqbollari ham muhokama qilindi. Zavod rahbariyati investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlarning borishi haqida ma’lumot berdi.

Xususan, joriy yilning avgust oyida UOP(Angliya) va SK Ecoplant (Janubiy Koreya) kompaniyalari bilan birgalikda asosiy FEED loyihasi ishlab chiqildi, va 2021 yilning oxirigacha loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda, shundan so‘ng investitsion qaror qabul qilinadi va EPC (muhandislik, sotib olish, qurilish) bosqichiga o‘tadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Zavodning modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasini moliyalashtirishni optimallashtirish bo‘yicha asosiy vazifalarni belgilab berdi.

Bundan tashqari, 2021 yil yakuni bilan xomashyoni qayta ishlash rejasi 1 mln 389,8 ming tonna belgilangan bo‘lib, amalda 1 mln 826,1 ming tonna qayta ishlanishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Boshqaruv raisi 2020 yil yakuni bilan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan 843,9 ming tonna avtobenzin ishlab chiqarilib 23 yillik tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan bo‘lsa, 2021 yil yakunida ushbu ko‘rsatkichni yanada yangilab 10 ming tonnaga oshirilishi lozimligini qayd etdi.

Uchrashuv natijasida “O‘zbekneftgaz” AJni rivojlantirishning asosiy strategik yo‘nalishlaridan biri va mamlakatning energiya xavfsizligini ta’minlashning zarur elementi keng ko‘lamli va yangi loyihalarni amalga oshirish ekanligi qayd etildi.

Boshqa mamlakatlarning yetakchi neft-gaz korxonalarining istiqbolli rivojlantirish tajribasini o‘rganish, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘z brend yoqilg‘imizni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, yuqori qo‘shimcha qiymatli kam tonnali neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish – bularning barchasi bizga yangi bozorlarni qamrab olish, sanoat va mamlakat iqtisodiyotining yuqori o‘sish sur’atlariga erishish imkonini beradi, – deb ta’kidladi “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev.

O‘z navbatida, qilingan ishlar o‘z natijasini bermoqda, jumladan, joriy yilning sentyabr – dekabr oylarida 36,5 ming tonna AI-91, 13,1 ming tonna AI-92,1,4 ming tonna AI-95, shundan 848 tonnasi “QuWatt” rusumidagi yuqori oktanli avtobenzin ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Shuningdek, 14,9 ming tonna Yevro-4, 11,4 ming tonna Yevro-5 rusumidagi dizel yonilg‘ilari ishlab chiqarilishi, 2021 yilning 2 chorak yakuniga qadar “Uzbekneftegaz GTL” sintetik kerosinini saqlash uchun 5 000 kub metr hajmda 2 dona saqlash sig‘imlarini qurish ishlarini yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.

Quvonarlisi esa, bugungi kunda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 19 dan ortiq markaga ega bo‘lgan 9 ta turdagi mahsulot ishlab chiqariladi. Qisqa davrda esa AI–98 markali avtomobil benzini va GTL sintetik kerosinini jalb qilish orqali Jet A–1 aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан