Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi ishlab chiqarish holatini o‘rganish maqsadida Buxoro neftni qayta ishlash zavodida bo‘ldi (Foto)
5.11.2021 12:58,  
47

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan neft va gaz sanoatining moliyaviy barqarorligini oshirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” Buxoroda bo‘ldi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga tashrif buyurdi va korxona rahbariyati, mutaxassislari bilan uchrashib, mavjud masalalar o‘rganildi.

Unda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (Buxoro NQIZ)ning 2021-2022 yillardagi ishlab chiqarish va moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga oid asosiy masalalar muhokama etildi.

Zavod mutaxassislari tomonidan korxonaning 2020-2021 yillardagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari va mahsulotining qiyosiy tahlili o‘tkazilgani, Buxoro NQIZni kelgusida rivojlantirish bo‘yicha qator takliflar bildirilganligi ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda Mehriddin Abdullayev tomonidan korxonaning asosiy maqsadi ham ichki ham tashqi bozorda munosib raqobatlasha oladigan yuqori sifatli mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish ekani ta’kidlandi hamda bu borada amalga oshiriladigan ishlar belgilab berildi.

Muhokama chog‘ida Boshqaruv raisi korxonaning asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga to‘xtalib, uzoq muddatli vazifalarni belgilagan holda uzluksiz rivojlanish muhimligini aytib o‘tdi.

So‘ngra korxonaning ishlab chiqarish maydonlariga tashrif buyurildi, “Ishchi guruh” a’zolari “Suyultirilgan uglevodorod gazi(SUG)ni avtotsisternalarga quyish qurilmasi” loyihasini qurishning yakuniy bosqichlari bilan tanishdi.

Qayd etish joizki, loyiha orqali Buxoro NQIZda aholi va iste’molchilar uchun avtotsisternalarga gaz quyish uchun sharoit yaratilmoqda (Ilgari SUG temir yo‘l sisternalariga quyilib, temir yo‘l orqali iste’molchilarga yetkazilar edi).

Mazkur texnologik inshootlarning ishga tushirilishi respublika ichki bozorida neft va gaz mahsulotlariga ortib borayotgan talabni qondirish, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan suyultirilgan gazni keng iste’molchilar, aholi qatlamiga yetkazib berishga qaratilgan.

Bundan tashqari, zavod ishchi-xodimlari bilan ham alohida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda yaratilgan mehnat sharoitlari o‘rganildi.

Davlat rahbari tomonidan ko‘chat ekish uchun 10 dekabrgacha davom etadigan “dolzarb 40 kunlik”ni e’lon qilingan edi, ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan holda “O‘zbekneftgaz” AJda ham keng ko‘lamli ishlar boshlandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi aynan Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ekoaksiyaga start berdi va Zavod hududida ko‘chat ekish tashkil etildi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha Boshqaruv raisi keyingi yillarda “O‘zbekneftgaz” AJni rivojlantirish borasida sezilarli natijalarga erishilganini ta’kidladi.

Bugungi kunda kompaniya Sanoat strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish sari ishonch bilan ildamlamoqda. Jahon bozorlaridagi o‘zgarish va shakllanishlar tendensiyasini hisobga olgan holda “O‘zbekneftgaz” AJ uchun yangi vazifalar yaratilayotganini ta’kidladi.

“O‘zbekneftgaz” AJning jadal rivojlanayotgan jahon bozoridagi o‘z o‘rnini sezilarli darajada mustahkamlash imkonini beradigan yangi loyihalarni amalga oshirish zarur ekanligi bildirildi.

Boshqaruv raisi Buxoro NQIZning yaqin yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан