Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi tomonidan bir nechta neft baza rahbarlari ishdan olindi
9.12.2021 22:01,  
370

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisini neft mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, neft bazalar faoliyati samaradorligini oshirish, debitor qarzdorliklarni undirish bo‘yicha joriy yilning yanvar-noyabr oylari natijalari hamda yil yakuni uchun ustuvor vazifalar tahliliga oid yig‘ilish o‘tkazildi.

Boshqaruv raisi iste’molchilarga neft mahsulotlari, jumladan, avtobenzin yetkazib berilishi bo‘yicha kerakli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga qaramay, joylarda ayrim rahbarlar hamda mas’ullarning o‘z vazifasini bajarilmayotganligi holatlari aniqlanayotganini keskin tanqid qildi.

Neft bazalar rahbarlari OAV yoki internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar qilib tushuntirish ishlari olib borishi kerakligi hamda ishni to‘g‘ri tashkil etishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Hozir oshkoralik, ochiqlik siyosati yuritilayotganini har bir rahbar yodda tutishi kerakligi hamda neft baza faoliyatini yaxshilash, samaradorlikni oshirish uchun vijdonan ishlash kerakligi ta’kidlandi.

Neft bazalarning o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati tahlil qilinganda, debitor qarzdorlikni undirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘ta qoniqarsiz ahvolda ekanligi, yil boshiga nisbatan debitor qarzdorlik 2,4 barobarga oshgani, talon-tarojliklar, kamomad va mansab vakolatini suiste’mol qilish holatlari hanuzgacha aniqlanib kelinayotgani bildirildi.

Katta miqdorda qarzdorlik Jizzax, Buxoro, Maroqand, Qarshi, Andijon va Guliston neft bazalarda saqlanib qolayotgani, ayniqsa, debitor qarzdorlik masalasida ijobiy harakatlar ko‘zga tashlanmayotgani, umidsiz qarzdorlikning mavjudligi hamda xatolar takrorlanayotgani, tegishli rahbarlar shu vaqtga qadar to‘g‘ri xulosa chiqarib olmagani keskin tanqid qilindi.

Debitor qarzdorlikni kamaytirish va kelgusida qarzdorlikni to‘liq bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilganiga qaramasdan, ayrim neft bazalar tomonidan qarzdorlikni hisobotlarda yashirish holatlari davom etayotgani ma’lum qilindi.

Jumladan, Maroqand neft bazasi tomonidan o‘tgan davr mobaynida to‘lovsiz iste’molchilarga yetkazib berilgan neft mahsulotlari evaziga hosil bo‘lgan debitor qarzdorlik hisobotlarda yashirilgan. Qarshi neft bazasi tomonidan esa tutgan davr mobaynida to‘lovsiz iste’molchilarga yetkazib berilgan neft mahsulotlari evaziga hosil bo‘lgan debitor qarzdorlik hisobotlarda yashirib, joriy yilning noyabr oyida 32,7 mlrd so‘mlik debitor qarzdorlik hisobotlarda aks ettirilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Qarshi neft bazasi direktori B.Mahmudov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Boshqaruv raisi tomonidan neft bazalarning kadrlar masalasi bilan shug‘ullanish hamda uni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli departament rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.

Barcha neft bazalarda moliyaviy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ul rahbarlar, moddiy javobgar bo‘lgan xodimlarning ham ish faoliyati qayta ko‘rib chiqilishi hamda lavozimdan olinishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Ish faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan To‘raqo‘rg‘on neft bazasining faoliyatini jiddiy tanqid qilindi hamda neft bazaga qarashli AYoQShda 2 mlrd so‘m mablag‘ning o‘z vaqtida kirim qilinmay kelingani ortidan neft baza rahbari, iqtisodiy masalalar bo‘yicha uning o‘rinbosari, bosh buxgalter egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Ushbu yig‘ilishda yoqilg‘i tarqatish shoxobchalarini sotish ishlari ham amalda sust bajarilgani ta’kidlandi. Jami 615 ta fermerlarga yoqilg‘i tarqatish shoxobchalarini sotish rejalashtirilgan bo‘lsa, bugungi kunda 254 tasi (41 foizi) sotilgan, xolos. 554 tasi baholangan, 550 tasi bo‘yicha ekspertiza xulosasi olingan va 292 tasi “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasi orqali ommaviy savdolarga chiqarilgan. Jami 300 ta avtoyonilg‘ikashlarni sotuvga chiqarish, 25 tasini ijaraga berish rejalashtirilgan bo‘lsa, bugungi kunda 180 tasi sotilgan (60 foizi), 14 tasi (56 foizi) ijaraga berilgan, xolos.

Shu bilan birga, Qarshi neft bazasiga tegishli 11 ta, Maroqand neft bazasiga tegishli 6 ta FYoTShlar Hukumat va “O‘zbekneftgaz” qarorlari talablariga zid ravishda neft baza xodimlari ta’sischiligidagi korxonalarga sotilgan bo‘lib, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan.

Yig‘ilish so‘nggida, aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish, zarar va kamomadlarni o‘z vaqtida qoplash, undirilishini ta’minlash, aybdor xodimlarga nisbatan choralar ko‘rish, salbiy holatlarga tegishli huquqiy baho berilishi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан