Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi tomonidan Qashqadaryo viloyati hududida olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlari holati o‘rganildi (Foto)
17.12.2021 13:07,  
53

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari tabiiy gaz qazib chiqarilishi holatini joyida o‘rganish maqsadida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘ldi.

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida 2021 yilda 16,8 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib olish rejalashtirilgan, bu o‘z navbatida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 286,9 mln kub metr ko‘p, yoki o‘sish sur’ati 101,7%, kondensat qazib chiqarish 310,7 ming tonna, neft qazib chiqarish 109,0 ming tonna belgilangan.

“Ishchi guruh” a’zolari boshqarmaga qarashli konlarda bo‘lib, belgilangan rejani bajarish borasida qilinayotgan ishlar holatini o‘rgandi. Shuningdek, 2022 yilda bu borada rejalashtirilgan ishlar hamda loyihalar bilan tanishib chiqildi.

O‘rganish ishlari dastavval Mirishkor tumani hududida joylashgan “Ilonli” konidagi 2-sonli izlov qudug‘idan boshlandi. Ushbu quduqda 2021 yil 8 iyul sanasida burg‘ilash ishlari boshlangan bo‘lib, quduq 2969 metr chuqurlikkacha burg‘ilandi hamda 139,7 mm diametrli ishlatish quvurlari bilan mustahkamlandi.

Quduqda burg‘ilash va sinash ishlari pudratchi “O‘zneftgaz burg‘ulash ishlari” MChJ va subpudratchi “Buxoro NGP” AJ tomonidan “Uralmash-4E” (Rossiya) burg‘ilash uskunasi yordamida amalga oshirildi.

Joriy yilning 11 dekabrida esa quduqning 2967-2887 metr oralig‘ida o‘rnatilgan filtr orqali olib borilgan sinash ishlari natijasida karbonat yura davri yotqiziqlarining XV va XVa qatlamlaridan sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi olindi. Quduqdagi tabiiy gazning erkin debiti kunlik 1,0 mln kub metrni tashkil etmoqda.

Boshqaruv raisi tomonidan quduqda mahsuldor qatlamning bosimi, harorati va kon-geologik parametrlarini aniqlash hamda uning sanoat miqyosida ishlab chiqarish quvvatlarini baholash maqsadida, geologik-tadqiqot ishlari olib borish bo‘yicha alohida topshiriqlar berdi.

Shuningdek, ishchi-xodimlar uchun berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari, ularning sifatiga ham e’tibor qaratdi, ular bilan suhbatlashib muammolari bilan qiziqdi.

Bundan tashqari, “O‘zbekneftgaz” AJning 2022 yilga mo‘ljallangan uglevodorod xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta hosil qilish dasturi doirasida “Ilonli” konida navbatdagi 3-, va 4-sonli izlov-qidiruv quduqlarida burg‘ilash ishlarini olib borish ta’kidlandi.

“Ilonli” konida ichki imkoniyatdan kelib chiqib d-273mm. gaz kollektori tortib kelinmoqda va bu borada olib borilayotgan ishlar, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan o‘rganildi.

So‘ngra, “Quyi Pomuq” maydonidagi 1-sonli izlov qudug‘ida bajarilayotgan ishlar holati va quduqda olib borilayotgan burg‘ilash ishlari o‘rganildi.

Ushbu quduqning loyihaviy chuqurligi 4100 metrni tashkil qilib, quduqda 2021 yil 24 may sanasida burg‘ilash ishlari boshlangan va bugungi kunda 3082 metr chuqurlikkacha burg‘ilandi.

Quduqda burg‘ilash ishlari pudratchi “O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” MChJ va subpudratchi “Koson NGQE” MChJ tomonidan “ZJ-50-DBS” (Xitoy) burg‘ilash uskunasi yordamida amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi tomonidan “Quyi Pomuq” maydonidagi 1-sonli izlov qudug‘ida burg‘ilash ishlarini jadallashtirish va 2022 yil I choragida quduqda sinov ishlarini boshlash zarurligi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Boshqaruv raisi boshqarmaga qarashli qo‘shimcha ravishda tabiiy gaz hajmini kuniga 1,5 mln kub metrga oshirib berish imkonini beradigan “Dengizko‘l” konida qurilayotgan yangi past bosimli Siquv kompressor stansiyasining qurilish jarayonlari bilan ham tanishdi.

Ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ va “Natural Gas-Stream”, “Eriell Oilfield Services Middle East DMCC” kompaniyalari hamkorligida uch tomonlama shartnoma imzolangan bo‘lib, Siquv kompressor stansiyasida qurilish montaj ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. Jumladan, quvur yotqizish, quduqlar o‘rnatish va metall montaj ishlari yakuniy bosqichda davom ettirilmoqda.

Qurilish ishlarini amalga oshirayotgan pudratchi tashkilotlarning mas’ullari bilan gaplashib, so‘nggi bosqichdagi qurilish ishlarini tezroq yakunlash borasida vazifalar belgilab berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан