Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruvi raisi Moskvaga ishbilarmonlik tashrifi doirasida “TMK” kompaniyasi Bosh direktori Igor Koritko bilan muzokaralar o‘tkazdi
30.11.2021 10:14,  
26

“TMK” AJ 2001 yilda tashkil etilgan bo‘lib, quvur mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi bo‘yicha dunyoning yetakchi korxonalaridan biri hisoblanadi.

Joriy yilning birinchi yarmida neft va gaz sanoati quvurlarini ishlab chiqarish bo‘yicha “TMK” kompaniyasi bosh direktori Igor Koritko va “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning uchrashuvi natijasida ushbu kompaniya tomonidan dunyo bozoridan farqli o‘laroq, arzon narxlarda har xil tipdagi neft va gaz sanoati quvurlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Moskvaga tashrif doirasidagi uchrashuvda tomonlar “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining izlov-qidiruv va ekspluatatsion quduqlari uchun zarur bo‘lgan quvur mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan amaldagi shartnomalar ijrosining joriy holati, shuningdek, hamkorlikni jadallashtirish va yangi yo‘nalishlarni izlash imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Uchrashuvda rahbarlar ikki kompaniya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha belgilangan maqsadlarga erishish imkonini yaratishda strategik ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashdi.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, yangi neft va gaz quduqlarini burg‘ilash ishlari import asosida olib kelinadigan quvur mahsulotlariga uzviy bog‘liq. Bu borada “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan import quvur mahsulotlari ta’minoti bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

2021 yilda burg‘ilash ishlarini uzluksiz olib borish va shu bilan birga 2022 yil uchun zaxira hajmini yaratish maqsadida “TMK” AJ tomonidan umumiy miqdorda 40 000 tonnadan ortiq quvur maxsulotlari yetkazib berilgan bo‘lib, yana 18 000 tonna quvur mahsulotlari joriy yilning so‘ngiga qadar yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Bu o‘z navbatida 2022 yilda rejalashtirilgan burg‘ilash ishlari uchun quvur mahsulotlarining yetarli zaxirasi yaratish imkonini beradi.

O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан