Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: “Buxoro neft bazasi”da mahsulotlarni noqonuniy yetkazib berish va talon-taroj qilish holatlari aniqlandi
11.01.2022 15:05,  
67

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘iga ko‘ra, moliyaviy va komplayens nazorati yo‘nalishida korrupsiya, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishga, ularni kelgusida yo‘l qo‘yilishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar tizimli amalga oshirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish “Buxoro neft bazasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida o‘tkazilib, natijada neft mahsulotlarining saqlanishi, iste’molchilarga yetkazib berilishi, debitorlik, kreditor qarzdorliklar bilan ko‘plab noo‘rin xarajatlar, shuningdek, amaldagi qonunchilikka rioya qilinmaslik holatlari aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 fevraldagi 149-sonli qaroriga asosan, neft mahsulotlari to‘lov oldindan 100 foiz o‘tkazilgandan so‘ng yetkazib berilishi belgilangan bo‘lsada, amalda belgilangan me’yoriy hujjatlarga muntazam amal qilmaslik oqibatida “Buxoro neft bazasi” MChJda 50,5 mlrd so‘m debitor qarzdorlik yuzaga kelgan. O‘z vaqtida undiruv choralari ko‘rilmagani natijasida, neft bazasi bo‘yicha 984,7 mln so‘m mablag‘ “umidsiz” qarzga aylanib ulgurgan.

O‘rganishlar davomida “Buxoro neft bazasi” MChJning 10 ta fermerga yoqilg‘i tarqatish shaxobchalari (keyingi o‘rinlarda – FYoTSh) tomonidan jami 1,8 mlrd so‘mlik 261,7 ming litr yonilg‘i mahsulotlari faoliyati tugatilib bo‘lgan fermer xo‘jaliklariga rasmiylashtirilgani ham aniqlandi.

Ta’kidlash joizki, jamiyatning sobiq rahbariyati va muttasaddi xodimlari tomonidan 3,0 mlrd so‘mlik 1 595,3 ming litr neft mahsulotlari fermer xo‘jaliklariga arzon narxlarda rasmiylashtirib jamiyatga zarar keltirgan.

Jamiyat muttasadi xodimlari tomonidan xususiy AYoQShlarga jami
2,6 mlrd so‘mlik neft mahsulotlari to‘lovsiz yetkazib berilib, debitor qarzdorligi yashirib kelingan.

O‘rganish davomida, “Buxoro neft bazasi” MChJga qarashli 20 ta FYoTShlarda 2,1 mlrd so‘mlik 206,7 ming litr mahsulot kamomadi aniqlanib, 921,1 mln so‘mi o‘rganish jarayonida qoplanishi ta’minlandi.

Ushbu neft bazada mablag‘ iqtisodi, xarajatlar rejasiga amal qilish borasidagi vaziyat ham achinarli holatda. Masalan, “Buxoro neft bazasi” MChJ tomonidan qurilish korxonalariga asossiz ravishda 298,1 mln so‘m miqdorida, xodimlarga 31,6 mln so‘m miqdorida ortiqcha ish xaqi va mukofot pullari to‘lab berilgan.

Neft baza mas’ul va rahbar xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzulish holatlari bo‘yicha huquqiy baho berish uchun o‘rganish hujjatlari tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil boshida olib borilgan o‘rganishlarda “Buxoro neft bazasi” MChJda jami 33 896,8 mln so‘mlik qonunbuzulish aniqlangan bo‘lib ushbu holatlar bo‘yicha ham huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan edi.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ushbu yo‘nalishda o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан