«O‘zbekneftgaz»: «Buxoro» neftni qayta ishlash zavodi 23 yillik tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi

«O‘zbekneftgaz»: «Buxoro» neftni qayta ishlash zavodi 23 yillik tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi

«O‘zbekneftgaz»: «Buxoro» neftni qayta ishlash zavodi 23 yillik tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. «Buxoro» neftni qayta ishlash zavodi gazoylni gidrotozalash qurilmasida «O‘zbekneftgaz» AJ mutaxassislarining o‘z kuchi bilan katalizator eng zamonaviy turiga almashtirildi.

Natijada O‘zbekistonda ilk bor Yevro-4 va Yevro-5 ekologik toifadagi dizel yonilg‘isini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.Endilikda, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yoqilg‘ilar jahon standartiga to‘la javob bera boshladi va eksportbop mahsulotga aylandi.

2020 yil yakuni bilan jami 85,9 ming tonna Yevro-3, 4, 5 dizel yonilg‘isi ishlab chiqarildi va iste’molchilarga yetkazib berildi.2020 yilda «Buxoro» neftni qayta ishlash zavodida 843,9 ming tonna avtobenzin ishlab chiqarilib, bu miqdor zavodning 23 yillik tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichga aylandi.

O‘zbekiston neft va gaz sanoati tarixida ilk bor neft mahsulotlari sotilishi to‘liq bozor tamoyillari asosida joriy etildi.Shuningdek, ortda qolgan 2020 yil davomida, mahalliy olimlar bilan hamkorlikning yangi bosqichi yo‘lga qo‘yilib, O‘zbekiston kimyo farmasevtika ilmiy tekshirish instituti bilan hamkorlikda ilk bor SAS-851 rusumidagi (Fransiya) adsorbent o‘rniga, mahalliy UzAD-1 adsorbenti ishlab chiqarishga tatbiq qilindi.

Ko‘p yillar davomida reja qilib kelinayotgan «Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizasiya qilish va qayta qurish» loyihasiga birinchi qadam tashlandi va «O‘zbekneftgaz» AJ, «Honeywell UOP» (AQSH) va «SK E&C» (Janubiy Koreya) kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi tarix sahifalaridan joy oldi"- deya ma’lum qilmoqda «O‘zbekneftgaz» AJ
Matbuot xizmati.