Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: Davlat xaridlarining ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilishi ta’minlanmoqda
9.10.2021 18:33,  
27

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘i bilan tizimda xaridlarning shaffofligini ta’minlash va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida, amalga oshirilayotgan xaridlar bo‘yicha e’lonlar, barcha kerakli ma’lumotlar va natijalar bir vaqtning o‘zida bir nechta maxsus axborot portalida, ya’ni yexarid.uzex.uz, tenderweek.com hamda rasmiy sayti ung.uz da muntazam ravishda joylashtirilib borilmoqda.

Shuningdek, 2021 yil 23 iyuldan boshlab kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–684-son Qonunida belgilangan asosiy prinsiplar – davlat buyurtmachisining kasbiy mahorati, asoslanganlik, moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorlik
va samaradorlik, tortishuv va xolislik, davlat xaridlari tizimining yagonaligi
va yaxlitligi, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik kabi talablardan chiqmagan holda xarid jarayonlari tashkil qilinmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Xaridlar departamenti tomonidan xarid jarayonlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni jalb qilish hamda ularda inson omili ta’siriga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida xaridlarni elektron shaklda o‘tkazish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

Qonunga muvofiq, umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 25 000 baravarigacha bo‘lgan xaridlar elektron shaklda, ya’ni yagona elektron kooperatsion portal, elektron do‘kon yoki boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion savdolari orqali o‘zkazilmoqda.

Bundan tashqari, PQ-5171 qarorining ijrosi sifatida jamiyatda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

• jamiyatning yagona xaridlar siyosati ishlab chiqildi va xaridlar jarayoniga tadbiq etildi;

• xaridlar transformatsiyasi ofisi tashkil etildi;

• “KPMG” xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan jamiyatning xaridlar tizimi va forenzik bo‘yicha audit xulosasi olindi. Ushbu audit xulosasida keltirib o‘tilgan tavsiyalar jamiyatning xaridlar tizimi transformatsiyasi jarayonida qo‘llaniladi.

Shuningdek, jamiyat mablag‘laridan oqilona foydalanish va xarajatlarini optimallashtirish maqsadida boshlangan ishlar davom ettirilib, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tuzilgan va tuzilishi ko‘zda tutilgan shartnomalar doirasida jami 90,4 mlrd so‘m ekvivalentda mablag‘lar iqtisod qilinishiga erishildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан