Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz” delegatsiyasi Ozarboyjonga tashrif buyurdi
12.03.2020 15:59,  
121

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshligidagi delegatsiya “SOCAR” va «NIPI Neftegaz SOCAR» kompaniyalari bilan ikki tomonlama manfaatli hamda istiqbolli loyihalar yuzasidan hamkorlik masalalarini hal qilish maqsadida Ozarbayjonda bo‘lib turibdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar beradi.

Tashrifning ilk kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati delegatsiyasi a’zolari “Azneft” kompaniyasining “Bibieybat” neft va gaz qazib olish boshqarmasida bo‘lishdi va u yerdagi ishlarni ko‘zdan kechirishdi. Shu kunning o‘zida “NIPI Neftegaz SOCAR” tajriba-sinov bazasidagi qilinayotgan ishlar ham o‘rganildi.

Istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o‘zaro uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekneftgaz” AJ delegatsiyasi a’zolarini Ozarbayjon Respublikasi davlat neft kompaniyasi “SOCAR”ning Prezidenti Abdullayev Rovnag Ibragim o‘g‘li va “SOCAR”ning geologiya va geofizika masalalari bo‘yicha Vitse-prezident Guseynov Bahrom Baxlul o‘g‘li qabul qildi.

Suhbat davomida Orol dengizi hududida geologiya qidiruv ishlarini amalga oshirish, G‘arbiy va Sharqiy Toshli, Shimoliy Sho‘rtan, Garmiston konlarini o‘zlashtirish masalasida hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ delegatsiyasining Ozarbayjon Respublikasiga tashrifi davom etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан