Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: Energetika vaziri va “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi tomonidan “GTL” zavodidagi yakuniy bosqich qurilish ishlari holati o‘rganildi (Foto)
3.11.2021 19:10,  
83

“O‘zbekneftgaz GTL” zavodida olib borilayotgan investitsion loyiha holatini o‘rganish maqsadida Energetika vaziri Alisher Sultonov va “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev, “ERIELL Group” Boshqaruvi raisi Baxtiyor Fozilov qurilish maydonida bo‘ldi.

Tashrif davomida zavodning texnologik hududlarida ishga tushirish oldi ishlari va quvur, uskunalarning sinov ishlari jarayoni bilan batafsil tanishib chiqildi. Shuningdek, GTL loyihasi qurilishining yakuniy bosqichlarida amalga oshirilayotgan ishlar qurilish maydonida muhokama qilindi.

Qurilish ishlarida qatnashayotgan pudratchi tashkilotlar vakillari bilan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishiga kelishib olindi. Loyiha qurib topshirilganidan so‘ng, ishga qo‘shish (pusko-naladka)ga tayyorgarlik ahvoli, pandemiya sharoitida jalb qilinadigan mahalliy hamda xorijlik mutaxassislar tayyorgarligi bo‘yicha masalalar ham muhokama qilindi.

Loyihaga taalluqli bo‘lgan ichki va tashqi infratuzilma ob’yektlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlili o‘tkazilib mas’ullarga muddatli ko‘rsatmalar berildi.

O‘z navbatida, ishga tushirish-sozlash ishlari davom etayotgan ishlarni yakunlash bo‘yicha mas’ullar va GTL zavodi rahbari Fahriddin Abdurasulovga ko‘rsatmalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, loyihaning bosh pudratchilari – Koreyaning “Hyundai Engineering”, “Hyundai Engineering&Construction” hamda “Enter Engineering” (Singapur) konsorsiumi tomonidan zavodda uskunalarni ishga tushirish ishlari faol sur’atlarda olib borilmoqda.

Shu jumladan, loyihada havo ajratish qurilmasining qurilishi, sozlash va ishga tushirish ishlari doirasida subpudratchi sifatida ishtirok etayotgan “Air Products and Chemicals, Inc.” kompaniyasining Markaziy Yevropa, Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha Vitse-prezidenti Vatslav Garant, “ERIELL Group” Boshqaruvi raisi Baxtiyor Fozilov va “Enter Engineering Pte. Ltd.” bosh ijrochi direktori Ulug‘bek Usmonov bilan o‘tkazilgan muhokamalarda havo ajratish va boshqa qurilmalar doirasida qurilish ishlarini yil oxiriga qadar bitirishga kelishib olindi.

 

Kutilayotgan tantanali ochilish marosimini yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha “Ishchi guruh”ni shakllantirildi va chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqildi. Zavodni joriy yilning dekabr oyi oxiriga qadar ishga tushirish rejalashtirilgan.

GTL loyihasi ishga tushgach, yiliga 3,6 milliard kub metr tozalangan tabiiy gaz (metan) qayta ishlanadi va 1,5 million tonna yuqori sifatli sintetik suyuq yoqilg‘i, jumladan, 307 ming tonnadan ortiq aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna neft, kimyo sohasi uchun xomashyo bo‘lgan nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilishiga erishiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан