Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: Yevropaning yirik banklari bilan gaz-kimyo majmuasining kengaytirish investitsion loyihasi uchun 1,1 mlrd yevrolik shartnomalar imzolandi (foto)
1.10.2021 10:31,  
19

“Deutsche Bank”, “Landesbank Baden-Wuerttemberg” va “Landesbank Hessen-Thüringen Girozentrale” (“Helaba”) banklari “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish loyihasida ishtirok etadi.

“O‘zbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” iqtisodiy forumi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ va Yevropaning uchta yetakchi banki o‘rtasida moliyaviy hamkorlik bo‘yicha muhim shartnomalar imzolangani e’lon qilindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev bir qator yirik banklar vakillari bilan shartnomalarni imzoladi. Jumladan, “Rossiya eksport markazi” AJ vitse-prezident Nikita Gusakov bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Bundan tashqari, “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish” loyihasini “Euler Hermes” (Germaniya) va boshqa Yevropa EKA sug‘urta qoplamalari ostida 300 mln yevrogacha miqdorda “Helaba” banki bilan moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi va Savdo va eksportni tizimli moliyalashtirish bo‘yicha Sardor Xolmahmadov hujjatlarni imzolashdi.

Shuningdek, “Euler Hermes” (Germaniya) va boshqa Yevropa EKA sug‘urta qoplamalari ostida 300 mln yevrogacha miqdorda “Landesbank Baden-Wuerttemberg” banki bilan moliyalashtirish bo‘yicha Mehriddin Abdullayev va Bankning O‘zbekistondagi Bosh vakili Aziz Inomxodjayev hamkorlik shartnomasiga imzo chekishdi.

Forum doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ va “Societe Generale S.A.” banki bilan o‘zaro bilan ham anglashuv memorandumi imzolandi.

Tomonlarning vakillari, ya’ni “Societe Generale S. A” bankining Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi bo‘yicha Rahbari Guliyeva Teyba va Jamiyat Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev memorandum imzolashdi.

Imzolash marosimidagi so‘nggi kelishuv, “Euler Hermes” (Germaniya) va boshqa Yevropa EKA sug‘urta qoplamalari ostida 500 mln yevrogacha miqdorda “Deutsche Bank” banki bilan bo‘lib o‘tdi.

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish” loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi “Deutsche Bank”ning O‘zbekiston va Qozog‘istondagi Igor Vagner va “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi tomonidan imzolandi.

Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining (“Sho‘rtan GKM kengaytirish loyihasi”) ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish investitsiya loyihasini moliyalashtirish to‘g‘risidagi hamkorlik shartnomalar 1,1 mlrd yevrodan ortiq qiymatda bo‘ldi.

Loyihaning umumiy qiymati 1,8 mlrd AQSh dollarga teng bo‘lib, shundan 1,2 mlrd AQSh dollari xorijiy banklar va moliya institutlari konsorsiumi, 600 mln AQSh dollari esa “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan taqdim etiladi.

 
Eslatib o‘tamiz, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatining kengayishi hisobiga, yiliga qo‘shimcha 280 ming tonna bimodal polietilen, 100 ming tonna polipropilen va 50 ming tonna piroliz distillyatni ishlab chiqarishni ta’minlashga xizmat qiladi. Sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodida (GTL) ishlab chiqariladigan sintetik nafta Majmuaning loyihalashtirilayotgan kengaytirish ob’yektlari uchun xomashyo bazasi sifatida xizmat qiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан