Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: Galina Saidova boshchiligidagi “Ishchi guruh” GTL loyihasining ishga tushirilish oldi holatini o‘rgandi (Foto)
13.11.2021 08:57,  
74

Joriy yilning 12 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida “Neft va gaz, elektr energetika, kimyo, to‘qimachilik, charm-poyabzal sanoati” mavzusidagi bo‘lib o‘tayotgan hududiy sanoat yarmarkasi doirasida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidova, Investitsiyalar va Tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Olimxon Rustamov va “O‘zbekneftgaz” AJ raisi Mehriddin Abdullayev “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining tozalangan metani asosida suyultirilgan sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish” (GTL) loyihasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida qurilish maydoniga tashrif buyurdi.

Hozirda loyiha bo‘yicha umumiy bajarilgan ishlar 97,4 foizni tashkil etib, zavodning texnologik uskunalarini bosqichma-bosqich ishga tushirish ishlari amalga oshirilmoqda. Zavodning texnologik zonasida qurilish-montaj ishlari davom etmoqda. Qurilish ishlari 95,7 foizga bajarilgan.

Ob’yektda 6,5 mingdan ortiq ishchi va muhandislar, 500 ta maxsus texnika ishlamoqda. Qurilish maydoniga jami 1045 ta texnologik uskunalardan 1010 tasi yetkazib kelinib, 955 tasi o‘rnatildi.

Ishchi tashrif davomida delegatsiya vakillari zavodning markaziy boshqaruv pulti va markaziy laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi. Bundan tashqari, tashrif davomida mutasaddilar zavodning texnologik zonalarida ishga tushirish jarayonining borishi bilan tanishdi. Shuningdek, qurilish maydonchasida GTL loyihasini qurishning yakuniy bosqichlarida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Bugungi kunga qadar bosh podstansiya ishga tushirilib, zavod tashqi tizimdan elektr energiyani qabul qilishni boshladi, nazorat o‘lchov va avtomatika tizimining boshqaruv binosi, Markaziy boshqaruv pulti, xom suvni qayta ishlash qurilmalari, Mineralsiz suv ishlab chiqarish hamda yong‘in o‘chiruv suv tizimi, Mash’ala tizimi va bug‘ ishlab chiqarish kotellari, Suvni sovutish qurilmasi, moyli suvni qayta ishlash tizimi foydalanishga topshirildi, zavodga yonilg‘i gazi qabul qilish boshlandi. Zavodda qurilish ishlari shu yilning yakuniga qadar tugatilishi rejalashtirilgan.

GTL kompaniyasi rahbariyati tomonidan korxonaning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan import qilinadigan tovar-moddiy zaxiralarni mahalliylashtirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha kompaniya tomonidan ko‘rilayotgan amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

Aytish joizki, zavodni barpo etilishida 360 mln dollardan ortiq mahsulotlar va xizmatlar bevosita mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilingan.

Shu bilan birgalikda, “Uzbekneftegaz GTL” zavodi negizida gazkimyo klasterini barpo etish maqsadida zavodning chiqadigan homashyoni chuqur qayta ishlagan holda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni, xususan uglevodorod fraksiyalari asosida Geksen-1, Buten-1, LAB, granulyasiya qilingan parafin, manilin angidrid kabi mahsulotlar ishlab chiqarish masalasi o‘rganilmoqda.

Tashrif yakunlari bo‘yicha mahalliylashtirish hamda mahalliy mahsulot va xizmatlar ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilish, shuningdek, “GTL” zavodi negizida yuqori likvidli istiqbolli loyihalarni chuqur o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratish topshirildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан