Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: Gazlida dizel yoqilg‘isini o‘g‘irlamoqchi bo‘lganlikda gumon qilingan fuqaro ushlandi (Foto)
18.10.2021 19:16,  
77

Joriy yilning 17 oktyabr kuni taxminan soat 23:00 da “O‘zbekneftgaz” AJ Gazli neft va ga qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Hojikazgan-Qumli-Chaqaqum” gazokondensat quvurlari avtoyo‘nalishi atrofida Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan davlat raqam mavjud bo‘lmagan UAZ rusumli avtotransport vositasi to‘xtatib tekshirilgan.

Avtotransport yukxonasida bo‘lgan har birining hajmi 60 litrni tashkil qiladigan 24 dona bo‘sh yelim bochka xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, haydovchi Buxoro viloyati Qorako‘l tumani, Ziyorat MFY, Ziyorat qishlog‘ida yashovchi fuqaro Abdujabbor Avezov hech qanday hujjatlarsiz avtomashinani boshqarib kelgani aniqlangan.

Yelim bochkalar esa burg‘ilash ishlari olib borilayotgan uchastkalaridan dizel yoqilg‘isini olib ketish maqsadida keltirilganligi aytilmoqda.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari tomonidan barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан