Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: Muborak ramazon hayiti kunida ham Gazlida kondensat o‘g‘irliklari sodir etildi
14.05.2021 15:41,  
249

2021 yilning 13 may kuni nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda Ramazon hayiti bayram sifatida nishonlandi va rasman dam olish kuni deb belgilandi.

“Ўзбекнефтгаз”: Муборак рамазон ҳайити кунида ҳам Газлида конденсат ўғирликлари содир этилди

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev tomonidan imzolangan buyruqqa asosan, dam olish kunlari ishlab chiqarish hamda qayta ishlashni uzluksiz tashkil etish maqsadida barcha boshqarma, zavodlarda ish tashkil etildi.

Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida Xislat Nazirov boshchiligida tashkil etilgan “Ishchi guruh” dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari bilan birgalikda konlar va quduqlarda o‘rganish olib borildi.

O‘rganishlar davomida, afsuski, shunday ulug‘, Muborak ramazon hayiti kunida ham o‘g‘irliklar sodir qilinayotgani aniqlandi.

“Ўзбекнефтгаз”: Муборак рамазон ҳайити кунида ҳам Газлида конденсат ўғирликлари содир этилди

Jumladan, “Qumli” konidan olinayotgan kondensatni o‘g‘irlashga uringanlar o‘z maqsadiga erisha olmadi. Ular tomonidan diametri 720mm bo‘lgan gaz kollektoriga teshib o‘rnatilgan 2 ta xomut aniqlandi ham o‘g‘irlik oldi olindi.

Afsuski, o‘g‘rilar o‘z maqsadiga erisha olmagan bo‘lsa-da, lekin mamlakat iqtisodiyotiga juda katta zarar yetkazishdi. Chunki, ular tomonidan teshilgan joylarni berkitish va ta’mirlashga 1.4 mln kub metr tabiiy gaz yo‘qotiladi, 8 soat davomida esa “Qumli”, “O‘rtaqum”, “Shorqum”, “Andakli” konlar tabiiy gaz yetkazib berishdan to‘xtaydi.

“Ўзбекнефтгаз”: Муборак рамазон ҳайити кунида ҳам Газлида конденсат ўғирликлари содир этилди

Bundan tashqari, “Hojiqozxon-Kulbeshkak” diametri 426mm gaz kollektorida ham xomut o‘rnatilgani fosh etildi. Aynan ushbu xomutlar o‘rnini ta’mirlash uchun 250 ming kub metr tabiiy gaz yo‘qotiladi.

“Savatli-Kulbeshkak” diametri 325 mm bo‘lgan gaz kollektoridagi xomutlarni ta’mirlashga 500 ming kub metr gaz yo‘qotishga to‘g‘ri keladi.

Ko‘rib turganingizdek, o‘g‘rilar tomonidan gaz trubalariga xomut o‘rnatilishi, aholiga yetkazib beriladigan yoki qayta ishlashga yo‘naltiriladigan tabiiy gaz yo‘qotilishiga sabab bo‘libgina qolmay, mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli darajada zarar yetkazadi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning tomonidan ayni mana shunday o‘g‘irliklarni oldini olmasdan, talon-tarojliklarga yo‘l qo‘ygan Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, o‘nlab mas’ullar egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi.

 

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан