Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: Navro‘z bayrami munosabati bilan kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinib ular uchun bayram dasturxonlari yozildi (Foto)
23.03.2022 17:55,  
64

Ijtimoiy ko‘makka muhtojlar holidan xabar olish, ularga saxovat ko‘rsatish xalqimizga xos qadriyatlardan hisoblanadi. Ayniqsa, bayram kunlarida bu ezgu fazilatlarimiz deyarli har bir inson tomonidan amalga oshiriladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev tashabbusi bilan Kasaba uyushma qo‘mitasi va tizim korxona hamda tashkilotlari tomonidan hududlardagi mahallalardagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yakka yolg‘iz yashaydigan va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari ehson sifatida tarqatildi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan Buxoro viloyati bir necha tumanlarida istiqomad qiladigan kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi, jumladan Qorovulbozor tumani “Imomal-Buxoriy” mahallasidagilarning 65 nafariga turli iste’mol tovarlari tarqatildi.

Navro‘z umumxalq bayrami doirasida Qashqadaryo viloyati G‘uzor, Muborak, Mirishkor tumanidagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand, nogironligi bor oilalar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandi.

G‘uzor tumani “Shakarbuloq”, “Sherali”, “Dashtobod”, “Yangihayot”, “Yangikent”, “Toshguzar”, “Tengdosh”, “Guliston”, “Do‘ltali”, “Nurafshon”, “Mevazor”, “Istiqbol”, “Fayzobod”, “Eshonquduq”, “Qorako‘l” va “Sovbog‘” MFY hududlaridagi yuzdan ziyod xonadonlardagi ehtiyojmand oilalarga Navro‘z bayrami munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

“Navro‘z” bayrami munosabati bilan ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarning holidan habar olish, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish Muborak tumanida ham davom ettirildi.

Tumanda yashovchi 50 dan ziyod kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, bayram dasturxoni uchun turli oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ homiyligida Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yana bir savobli ishga qo‘l urildi. Tumandagi 15 nafar ehtiyojmand oila farzandlarini xatna to‘yi o‘tkazildi.

To‘y bolalar yurtimizga hissasini qo‘shadigan munosib farzand bo‘lib voyaga yetishini tilab, O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi nomidan sovg‘alar topshirildi. Shu kuni G‘uzor tumani hokimligi bilan hamkorlikda ehtiyojmand oilalarga televizorlar, to‘y bolalarga tuman hokimi va tashabbuskorlarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlam vakillariga e’tibor qaratish, ularga zaruriy masalalarda har tomonlama yordam ko‘rsatish orqali o‘zining ijtimoiy yo‘nalishlaridagi faoliyatini davom ettiradi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан