Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi (foto)
30.08.2021 14:12,  
112

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tomonidan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan “O‘zbekneftgaz” AJ va uning tizimidagi tashkilotlarda faoliyat yuritadigan xodimlar ham taqdirlanishdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev mukofotga loyiq deb topilgan har bir ishchi-xodimga ko‘krak nishonini shaxsan tantanali ravishda topshirdi.

Boshqaruv raisi bu mukofot erishilgan ajoyib natijalarga mukofot bo‘libgina qolmay, oldinda turgan vazifalar ijrosi yo‘lida motivatsiya ekanligini ham bildirdi.

Boshqaruv raisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan xodimlarni neft va gaz sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati hurmatga sazovor ekanini bildirdi.

Ularga kelgusida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi boshqarma va korxonalarni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish, qulay investitsiya muhitini yaratish, shuningdek, ma’naviy barqarorlikni saqlashdagi ishlariga muvaffaqiyatlar, sog‘liq, oilaviy tinchlik-totuvlik tiladi.

Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari, qayta ishlash zavodlari, neft bazalarida samarali faoliyat olib borayotgan 140 nafar xodim O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Boshqaruv raisining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

FOTOLAVHALAR

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан