Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: O‘zbekiston tarixida ilk bor Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan AI–98 markali benzin ishlab chiqarildi (foto)
21.09.2021 11:54,  
138

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi oldiga aholini sifatli neft mahsulotlari bilan ta’minlash hamda uning yangi turlarini ishlab chiqish vazifalari qo‘yilgan edi.

Belgilangan topshiriq va vazifalar ijrosini bajarish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida “Ishchi guruh” tuzilib “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Jumladan, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida Boshqaruv raisi topshirig‘iga asosan, yuqori oktanli avtomobil benzini ishlab chiqarishni yo‘lga quyish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi hamda texnologik qurilmalarda rejim tanlandi, natijada AI–98 yuqori sifatli etellanmagan benzin ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi yuqori oktanli AI–98 avtomobil benzinini sanoat darajasida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi va o‘z mahsulotlari qatorini yana bir marka bilan boyitib, yuqori oktanli AI–98 avtomobil benzini bilan to‘ldirdi.

AI–98 markali avtomobil benzini, asosan, siqish darajasi 12 dan 14 gacha bo‘lgan dvigatelli avtomobillarda ishlatiladi. AI–98 benzini yuqori detonatsiyaga qarshi xususiyat (oktan xarakteristika)lari tufayli dvigatel quvvatini oshiradi hamda tezlanish dinamikasini yaxshilaydi, tebranish, shovqin darajasini pasaytiradi, shuningdek, yonilg‘i sarfini sezilarli darajada kamaytiradi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (“O‘zstandart”) tomonidan AI–98 avtomobil benzinini seriyali ishlab chiqarish uchun O‘zDSt 3031:2015 “Avtomobil benzinlari. Texnik shartlar” muvofiqlik sertifikati olindi.

Quvonarlisi, AI–98 avtomobil benzinining dastlabki partiyasi ishlab chiqarildi va 380 tonna hajmdagi benzinning fizik-kimyoviy xususiyatlari standartga binoan muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.

AI–98 markadagi avtomobil benzini ishlab chiqarlishi o‘zining tarixiga ega bo‘lib, bundan natijaga erishish oson bo‘lgani yo‘q. Sababi, Akbar Fazilov boshchiligidagi Buxoro neftna qayta ishlash zavodining texnologlari, texnik bo‘limi, ishlab chiqarish va dispetcherlik xizmati, Markaziy tahlilxonaning yuzlab ishchi-xodimlari xorijiy mutaxassislarning ko‘magisiz izlanishlar olib borishdi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan joriy yilning sentyabr–dekabr oylarida 36,5 ming tonna AI–91, 13,1 ming tonna AI–92 1,4 ming tonna AI–95, shundan 848 tonnasi “QuWatt” rusumidagi yuqori oktanli avtobenzin ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Shuningdek, 14,9 ming tonna Yevro–4, 11,4 ming tonna Yevro–5 rusumidagi dizel yonilg‘ilari ishlab chiqarilishi, 2021 yilning ikkinchi yarim yillik yakuniga qadar “Uzbekneftegaz GTL” sintetik kerosinini saqlash uchun 5 000 kub metr hajmda 2 dona saqlash sig‘imlarini qurish ishlarini yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.

Quvonarlisi esa, bugungi kunda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 19 dan ortiq markaga ega bo‘lgan 9 ta turdagi mahsulot ishlab chiqariladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан